QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Qaf surasi · Oyatсураси · Оят32

هَـٰذَا مَا تُوعَدُونَ لِكُلِّ أَوَّابٍ حَفِيظٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu — sizga va'da qilingan narsadir. Har bir sertavbaga va saqlovchiga.Бу — сизга ваъда қилинган нарсадир. Ҳар бир сертавбага ва сақловчига.Alauddin Mansour: «Mana shu (neʼmatlar) Sizlarga — har bir (Allohga) qaytguvchi, (oʻz ahdini) saqlaguvchi (rioya qilguvchi) kishilarga vaʼda qilinayotgan narsalardir.«Мана шу (неъматлар) Сизларга — ҳар бир (Аллоҳга) қайтгувчи, (ўз аҳдини) сақлагувчи (риоя қилгувчи) кишиларга ваъда қилинаётган нарсалардир.

519-sahifa · 26-juz · 52-hizb519-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هَـٰذَاbuбуمَاnarsadirнарсадирتُوعَدُونَsizga vaʼda qilinganсизга ваъда қилинганلِكُلِّhar birigaҳар биригаأَوَّابٍsertavbaсертавбаحَفِيظٍۢsaqlovchiсақловчи
TafsirТафсир

Demak, qiyomat kunida jannat ahliga jannatni yaqinlashtirib olib kelinadi va:

«Bu – sizga vaʼda qilingan narsadir», deyiladi.

Yaʼni, bu dunyoda kim iymon bilan ibodat qilib yursa, jannatga kiradi, deb vaʼda qilingan edi, ana oʻsha, vaʼda qilingan jannat shu. Undan soʻng, jannat ahliga quvonch ustiga quvonch boʻlishi uchun, jannat kimlarga vaʼda qilingani alohida sanab chiqiladi:

«Har bir sertavbaga va saqlovchiga. Rohmandan gʻoyibona qoʻrqqan va salomat qalb ila kelgan kimsaga».

«Sertavba...»

Qilgan gunohlariga zudlik bilan qayta-qayta tavba qilib yurgan shaxslar. Tavbaning ahamiyatini shundan bilsa ham boʻladi.

«Saqlovchi...»

Oyatda, saqlovchi, deb qoʻyilganining oʻzi gʻoyat ulkan maʼnoni tashiydi. Nimani saqlash kerak boʻlsa, shuni saqlovchilar ham shu maʼnoning ichiga kiradi. Jumladan, shariat chizib qoʻygan chegarani saqlovchi, Allohga bergan ahdu paymonini saqlovchi va hokazolar. Bu ham jannatiylarning sifatlaridan bir sifat ekan.

«Rohmandan gʻoyibona qoʻrqqan...»

Rohman–Allohning sifatlaridan biri, gʻoyibona qoʻrqish– Uni koʻrmasdan qoʻrqishdir. Albatta, bu sifat juda ham zarur boʻlib, Alloh taolodan gʻoyibona qoʻrqmay turib jannatga kirishni xayolga ham keltirmaslik kerak.

«Salomat qalb ila kelgan...»

Allohning huzuriga qalbi kasal boʻlmay keluvchi. Qalbning salomatligi eng muhim sifatlardan ekanligi hammaga maʼlum. Alloh barchamizga qalb salomatligini nasib etsin.

Shundan soʻng ularga: