QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Qaf surasi · Oyatсураси · Оят33

مَّنْ خَشِىَ ٱلرَّحْمَـٰنَ بِٱلْغَيْبِ وَجَآءَ بِقَلْبٍ مُّنِيبٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Rohmandan g`oyibona qo`rqqan va salomat qalb ila kelgan kimsaga.Роҳмандан ғойибона қўрққан ва саломат қалб ила келган кимсага.Alauddin Mansour: Gʻaybdagi Rahmondan qoʻrqqan va tavba-tazarruʼ qilgan dil bilan kelgan kishilarga (vaʼda qilinayotgan narsalardir).Ғайбдаги Раҳмондан қўрққан ва тавба-тазарруъ қилган дил билан келган кишиларга (ваъда қилинаётган нарсалардир).

519-sahifa · 26-juz · 52-hizb519-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَّنْkimsaкимсаخَشِىَqoʻrqqanқўрққанٱلرَّحْمَـٰنَRohmandanРоҳманданبِٱلْغَيْبِgʻoibdanғоибданوَجَآءَva kelganва келганبِقَلْبٍۢqalb ilaқалб илаمُّنِيبٍsalomat (qaytuvchi)саломат (қайтувчи)
TafsirТафсир

Demak, qiyomat kunida jannat ahliga jannatni yaqinlashtirib olib kelinadi va:

«Bu – sizga vaʼda qilingan narsadir», deyiladi.

Yaʼni, bu dunyoda kim iymon bilan ibodat qilib yursa, jannatga kiradi, deb vaʼda qilingan edi, ana oʻsha, vaʼda qilingan jannat shu. Undan soʻng, jannat ahliga quvonch ustiga quvonch boʻlishi uchun, jannat kimlarga vaʼda qilingani alohida sanab chiqiladi:

«Har bir sertavbaga va saqlovchiga. Rohmandan gʻoyibona qoʻrqqan va salomat qalb ila kelgan kimsaga».

«Sertavba...»

Qilgan gunohlariga zudlik bilan qayta-qayta tavba qilib yurgan shaxslar. Tavbaning ahamiyatini shundan bilsa ham boʻladi.

«Saqlovchi...»

Oyatda, saqlovchi, deb qoʻyilganining oʻzi gʻoyat ulkan maʼnoni tashiydi. Nimani saqlash kerak boʻlsa, shuni saqlovchilar ham shu maʼnoning ichiga kiradi. Jumladan, shariat chizib qoʻygan chegarani saqlovchi, Allohga bergan ahdu paymonini saqlovchi va hokazolar. Bu ham jannatiylarning sifatlaridan bir sifat ekan.

«Rohmandan gʻoyibona qoʻrqqan...»

Rohman–Allohning sifatlaridan biri, gʻoyibona qoʻrqish– Uni koʻrmasdan qoʻrqishdir. Albatta, bu sifat juda ham zarur boʻlib, Alloh taolodan gʻoyibona qoʻrqmay turib jannatga kirishni xayolga ham keltirmaslik kerak.

«Salomat qalb ila kelgan...»

Allohning huzuriga qalbi kasal boʻlmay keluvchi. Qalbning salomatligi eng muhim sifatlardan ekanligi hammaga maʼlum. Alloh barchamizga qalb salomatligini nasib etsin.

Shundan soʻng ularga: