لَهُم مَّا يَشَآءُونَ فِيهَا وَلَدَيْنَا مَزِيدٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U yerda nima xohlasalar, ularniki. Va huzurimizda ziyodasi bor.У ерда нима хоҳласалар, уларники. Ва ҳузуримизда зиёдаси бор.Alauddin Mansour: Ular uchun u joyda xohlagan narsalari bordir. Va yana Bizning dargohimizdagi qoʻshimcha (izzat-ikrom)lar ham bordir.Улар учун у жойда хоҳлаган нарсалари бордир. Ва яна Бизнинг даргоҳимиздаги қўшимча (иззат-икром)лар ҳам бордир.
Ushbu oyati karimaning maʼnosini tushuntiruvchi hadisi shariflar ham kelgan.
Paygʻambarimiz alayhissolatu vassalom Ibn Abbos roziyallohu anhuga: «Agar jannatda qushni istasang, oldinga qovurilgan holda tushadi», deganlar.
Imom Ahmad rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar alayhissalom: «Agar moʻmin kishi jannatda farzand xohlasa, uning homilasi, tugʻilishi, oʻsishi bir soatda boʻladi», deganlar.
Ushbu oyati karimadagi:
«Va huzurimizda ziyodasi bor», degan jumlada, Alloh taoloning jamoliga nazar solish baxti bor, degan maʼno yotadi, deb aytilgan rivoyat ham bor.
Qiyomat kuni manzaralari vasf qilinib boʻlgandan soʻng, kofirlarga bu dunyoda ham azob kelishi mumkinligi avval oʻtganlarning misoli bilan tushuntiriladi.