وَكَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُم مِّن قَرْنٍ هُمْ أَشَدُّ مِنْهُم بَطْشًا فَنَقَّبُوا۟ فِى ٱلْبِلَـٰدِ هَلْ مِن مَّحِيصٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan avval, ulardan ko`ra kuchliroq asr(avlod)lardan qanchasini halok qildik. «Qochadigan joy bormi?» deb yurtma-yurt kezib chiqdilar.Улардан аввал, улардан кўра кучлироқ аср(авлод)лардан қанчасини ҳалок қилдик. «Қочадиган жой борми?» деб юртма-юрт кезиб чиқдилар.Alauddin Mansour: Biz ulardan (Quraysh kofirlaridan) ilgari ulardan kuchli-quvvatliroq boʻlgan qancha asr-avlodni halok qildik. Bas, oʻshalar (Biz boshlariga tushirgan balodan qochib), biron najot bormikan, deb shaharlarda izgʻib yurdilar, (lekin halokatdan qochib qutula olmadilar).Биз улардан (Қурайш кофирларидан) илгари улардан кучли-қувватлироқ бўлган қанча аср-авлодни ҳалок қилдик. Бас, ўшалар (Биз бошларига туширган балодан қочиб), бирон нажот бормикан, деб шаҳарларда изғиб юрдилар, (лекин ҳалокатдан қочиб қутула олмадилар).
Yaʼni, hozirgi kofirlar va dinsizlarga oʻxshaganlardan qancha-qanchasini avvallari ham halok qilib, azobga duchor etib kelganmiz. Halokatga uchragan oʻsha avvalgi kofirlar avlodlari hozirgilardan koʻra quvvatliroq edilar. Ular chora izlab, imkon axtarib, «Qochadigan joy bormi?» deb, yurtma-yurt darbadar boʻldilar. Ammo chora topa olmay halok boʻldilar. Hozirgilar oʻshalardan oʻrnak olsalar boʻlmaydimi?
Qiyomat kuni azoblari va bu dunyodayoq duchor qilinadigan halokatlar zikr etilib yodga solingach, endi ushbu vaʼz va nasihatlardan kimlar foyda olishlari mumkinligining bayoni keladi: