إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَذِكْرَىٰ لِمَن كَانَ لَهُۥ قَلْبٌ أَوْ أَلْقَى ٱلسَّمْعَ وَهُوَ شَهِيدٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, bunda qalbi borlarga va zehn bilan quloq osganlarga eslatma bordir.Албатта, бунда қалби борларга ва зеҳн билан қулоқ осганларга эслатма бордир.Alauddin Mansour: Albatta bunda (ogoh) qalb egasi boʻlgan yoki oʻzi hozir boʻlgan holda (yaʼni, sidqidildan) quloq tutgan kishi uchun eslatma-ibratlar bordir.Албатта бунда (огоҳ) қалб эгаси бўлган ёки ўзи ҳозир бўлган ҳолда (яъни, сидқидилдан) қулоқ тутган киши учун эслатма-ибратлар бордир.
Oʻtganlarning halokati juda ham yaxshi ibrat. Halokatga uchramayin, deganlar ularning xatolarini takrorlamasliklari darkor. Lekin ushbu eslatma qalbi borlargagina eslatma boʻladi. Oʻtganlarning halokatidan oʻrnak-ibrat olmaganlarning qalblari yoʻq, oʻlgan. Yoki quloqlari yoʻq. Boʻlganida, qissaga eʼtibor bilan quloq solib, albatta, ibrat olgan boʻlar edilar.
Soʻnggi oyatlarda Allohning qudrati cheksizligi yana bir bor eslatilib, Paygʻambar alayhissalom va moʻminlarga tasalli berilib, sabr qilish, namoz oʻqish, tasbih aytish, oxiratni eslashga chaqirilib, xulosa keltiriladi: