QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Qaf surasi · Oyatсураси · Оят38

وَلَقَدْ خَلَقْنَا ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا فِى سِتَّةِ أَيَّامٍ وَمَا مَسَّنَا مِن لُّغُوبٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni olti kunda yaratdik. Va Bizni charchoq tutmadi.Албатта, осмонлару ерни ва уларнинг орасидаги нарсаларни олти кунда яратдик. Ва Бизни чарчоқ тутмади.Alauddin Mansour: Aniqki, Biz osmonlar va Yerni hamda ularning oʻrtasidagi bor narsani olti kunda yaratdik va Bizni hech qanday charchoq ushlagani yoʻq.Аниқки, Биз осмонлар ва Ерни ҳамда уларнинг ўртасидаги бор нарсани олти кунда яратдик ва Бизни ҳеч қандай чарчоқ ушлагани йўқ.

520-sahifa · 26-juz · 52-hizb520-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva albattaва албаттаخَلَقْنَاyaratdikяратдикٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarniосмонларниوَٱلْأَرْضَva yerniва ерниوَمَاva narsalarniва нарсаларниبَيْنَهُمَاularning orasidagiуларнинг орасидагиفِى-da-даسِتَّةِoltiолтиأَيَّامٍۢkunкунوَمَاva emasва эмасمَسَّنَاBizni tutdiБизни тутдиمِنhechҳечلُّغُوبٍۢcharchoqчарчоқ
TafsirТафсир

Shuncha narsalarni yaratib charchamagan Zot oʻlganlarni qayta tiriltira olmasmidi? Ushbu oyatda Alloh taolo:

«Albatta, osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni olti kunda yaratdik», demoqda.

Ushbu munosabat ila aytish lozimki, Allohning huzuridagi kunlar biz oʻrganib qolgan kunlarga oʻxshash emas. Bizning kunlarimiz dunyo yaratilganidan soʻng, yer kurrasining aylanishi holati va vaqtiga muvofiq yaratilgan. Oyatda esa borliqning, shu jumladan yer kurrasining yaratilishi haqida soʻz ketmoqda. Tabiiyki, bu olti kunning miqdorini yolgʻiz Alloh taolo biladi.

«Va bizni charchoq tutmadi.»

Bu jumla, Allohning qudratiga yaqqol dalildir. Ammo boshqa dindagilar xususan, yahudiylar, Alloh dunyoni olti kunda yaratib, yettinchi kuni dam olgan, deyishadi. Bu esa, Allohga tuhmat va Unga nuqsonni nisbat berishdir.

Kelgusi oyati karimalarda kofir va mushriklardan turli ozorlar chekayotgan Paygʻambarimiz alayhissalomni va u zot orqali barcha musulmonlarni sabr qilishga chaqiriladi hamda ularga sabrni kasb qilish yoʻli oʻrgatiladi.

Ey Muhammad!