QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Qaf surasi · Oyatсураси · Оят39

فَٱصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ قَبْلَ طُلُوعِ ٱلشَّمْسِ وَقَبْلَ ٱلْغُرُوبِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning aytayotganlariga sabr qil va Robbingga quyosh chiqishi va botishidan avval hamdu tasbih ayt.Уларнинг айтаётганларига сабр қил ва Роббингга қуёш чиқиши ва ботишидан аввал ҳамду тасбиҳ айт.Alauddin Mansour: Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ular (kofirlar) aytayotgan soʻzlarga sabr-toqat qiling va quyosh chiqishidan ilgari va botishidan avval Parvardigoringizga hamdu sano aytish bilan (U zotni) poklang — namoz oʻqing!Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), улар (кофирлар) айтаётган сўзларга сабр-тоқат қилинг ва қуёш чиқишидан илгари ва ботишидан аввал Парвардигорингизга ҳамду сано айтиш билан (У зотни) покланг — намоз ўқинг!

520-sahifa · 26-juz · 52-hizb520-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَٱصْبِرْbas, sabr qilбас, сабр қилعَلَىٰ-ga-гаمَاnarsagaнарсагаيَقُولُونَular aytayotganулар айтаётганوَسَبِّحْva tasbih aytва тасбиҳ айтبِحَمْدِhamd ilaҳамд илаرَبِّكَRobbinggaРоббинггаقَبْلَavvalаввалطُلُوعِchiqishiчиқишиٱلشَّمْسِquyoshқуёшوَقَبْلَva avvalва аввалٱلْغُرُوبِbotishidanботишидан
TafsirТафсир

Avvalgi oyati karimalarda, kofirlarning Paygʻambar alayhissalomni inkor etib, turli boʻlmagʻur gaplar aytib u zotga ozor berishlari eslatib oʻtilgan edi. Darhaqiqat, kofirlar juda koʻp ozor beruvchi gaplarni aytar edilar. Ushbu oyatlarning avvalida Alloh taolo Paygʻambarimiz alayhissalomni sabr qilishga chaqirmoqda.

«Ularning aytayotganlariga sabr qil...…»

Yaʼni, ey Muhammad, kofirlarning aytayotgan ozor beruvchi gaplariga sabr qil. Har bir ezgulik yoʻlida sabr qilish lozim boʻladi. Sabrsiz ish bitmaydi.

Sabrga yordam beruvchi eng muhim narsa Allohni yod etishdir. Shuning uchun:

«Robbingga quyosh chiqishi va botishidan avval hamdu tasbih ayt. Kechasida ham Unga tasbih ayt. Va sajdadan keyin ham».

Tasbih aytishning maʼnosi Allohni poklab yod etishdir. Allohni poklab yod etish esa, koʻproq «Subhanallohi» kalimasini aytish bilan boʻladi.

Allohni poklab yod etishning oliy nuqtalaridan biri namoz oʻqishdir. Ushbu oyatlardagi, «Robbingga hamdu tasbih ayt»dan murod ham namoz oʻqishdir. Jumladan:

«...Robbingga quyosh chiqishi va botishidan avval hamdu tasbih ayt.»

Bomdod va asr namozlarini oʻqi.

«Kechasida ham Unga tasbih ayt.»

Shom va Xufton kabi kechasi oʻqiladigan namozlarni ado et.

«Va sajdadan keyin ham.»

Yaʼni, namoz oʻqib boʻlganingdan keyin ham Allohga tasbih ayt.

Hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Bu oyatdagi tasbihdan murod–namozdan keyin aytiladigan tasbihdur», deganlar.