QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Qaf surasi · Oyatсураси · Оят40

وَمِنَ ٱلَّيْلِ فَسَبِّحْهُ وَأَدْبَـٰرَ ٱلسُّجُودِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kechasida ham Unga tasbih ayt. Va sajdadan keyin ham.Кечасида ҳам Унга тасбиҳ айт. Ва саждадан кейин ҳам.Alauddin Mansour: Yana kechaning (bir qismida) va sajdalar (yaʼni, namozlar) ortidan U zotni poklang!Яна кечанинг (бир қисмида) ва саждалар (яъни, намозлар) ортидан У зотни покланг!

520-sahifa · 26-juz · 52-hizb520-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمِنَva -danва -данٱلَّيْلِkechasiкечасиفَسَبِّحْهُbas, Unga tasbih aytбас, Унга тасбиҳ айтوَأَدْبَـٰرَva keyinва кейинٱلسُّجُودِsajdadanсаждадан
TafsirТафсир

Avvalgi oyati karimalarda, kofirlarning Paygʻambar alayhissalomni inkor etib, turli boʻlmagʻur gaplar aytib u zotga ozor berishlari eslatib oʻtilgan edi. Darhaqiqat, kofirlar juda koʻp ozor beruvchi gaplarni aytar edilar. Ushbu oyatlarning avvalida Alloh taolo Paygʻambarimiz alayhissalomni sabr qilishga chaqirmoqda.

«Ularning aytayotganlariga sabr qil...…»

Yaʼni, ey Muhammad, kofirlarning aytayotgan ozor beruvchi gaplariga sabr qil. Har bir ezgulik yoʻlida sabr qilish lozim boʻladi. Sabrsiz ish bitmaydi.

Sabrga yordam beruvchi eng muhim narsa Allohni yod etishdir. Shuning uchun:

«Robbingga quyosh chiqishi va botishidan avval hamdu tasbih ayt. Kechasida ham Unga tasbih ayt. Va sajdadan keyin ham».

Tasbih aytishning maʼnosi Allohni poklab yod etishdir. Allohni poklab yod etish esa, koʻproq «Subhanallohi» kalimasini aytish bilan boʻladi.

Allohni poklab yod etishning oliy nuqtalaridan biri namoz oʻqishdir. Ushbu oyatlardagi, «Robbingga hamdu tasbih ayt»dan murod ham namoz oʻqishdir. Jumladan:

«...Robbingga quyosh chiqishi va botishidan avval hamdu tasbih ayt.»

Bomdod va asr namozlarini oʻqi.

«Kechasida ham Unga tasbih ayt.»

Shom va Xufton kabi kechasi oʻqiladigan namozlarni ado et.

«Va sajdadan keyin ham.»

Yaʼni, namoz oʻqib boʻlganingdan keyin ham Allohga tasbih ayt.

Hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: «Bu oyatdagi tasbihdan murod–namozdan keyin aytiladigan tasbihdur», deganlar.