وَٱسْتَمِعْ يَوْمَ يُنَادِ ٱلْمُنَادِ مِن مَّكَانٍ قَرِيبٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Nido qiluvchi yaqin joydan nido qilgan kunda quloq os.Нидо қилувчи яқин жойдан нидо қилган кунда қулоқ ос.Alauddin Mansour: Va jarchi (Isrofil farishta) yaqin bir makondan turib jar soladigan Kunda (uning nidosiga) quloq tuting!Ва жарчи (Исрофил фаришта) яқин бир макондан туриб жар соладиган Кунда (унинг нидосига) қулоқ тутинг!
«Nido qiluvchi»–farishta Isrofil alayhissalomdir. Qiyomat qoim boʻlishining qichqirigʻini (nidosini) oʻsha zot qilurlar. «Chiqish kuni»–qabrlardan chiqish kuni, yaʼni, qiyomat kunidir. Maʼlumki, Isrofil alayhissalom birinchi bor nido qilganlarida dunyodagi barcha narsalar oʻladi. Soʻngra, ikkinchi bor nido qilganlarida hamma qayta tiriladi. Ushbu oyatdagi «Nido qiluvchi yaqin joydan nido qilgan kunda quloq os», degandagi nido ikkinchi nidodir. Barcha xaloyiq «U kunda qichqiriqni haq ila eshiturlar». Eshitmagan hech kimsa qolmaydi. Demak, hamma-hamma, hech kim qolmay qayta tiriladi. Chunki: «Ana oʻsha, chiqish kunidir». Ha, ana oʻsha, qabrlardan mahsharga qayta tirilib chiqish kunidir. Ha, hamma oʻsha kunda tirilishi haq. Chunki: