إِنَّا نَحْنُ نُحْىِۦ وَنُمِيتُ وَإِلَيْنَا ٱلْمَصِيرُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz tiriltirurmiz, o`ldirurmiz. Va qaytish ham Bizgadir.Албатта, Биз тирилтирурмиз, ўлдирурмиз. Ва қайтиш ҳам Бизгадир.Alauddin Mansour: Albatta Biz Oʻzimiz (barcha jonzotga) hayot berurmiz va oʻlim berurmiz. Yolgʻiz Bizga qaytish bordir!Албатта Биз Ўзимиз (барча жонзотга) ҳаёт берурмиз ва ўлим берурмиз. Ёлғиз Бизга қайтиш бордир!
Kofir va mushriklar, oʻzlaricha, oʻlib, tuproq boʻlganimizdan keyin ham-a?! Bu qaytish aqldan uzoq», deb yuribdilar. Ularning bu gapi gʻirt aqlsizlik. Oʻlgandan keyin qayta tirilish juda ham oson. Chunki:
«Albatta, Biz tiriltirurmiz, oʻldirurmiz».
Allohning ixtiyorida boʻlgan narsaning, zotan, hamma narsa U zotning ixtiyorida, hech qiyinligi yoʻq. U zot har narsaga boʻl, desa, boʻladi. Shuningdek, oxiratdagi
«Va qaytish ham Bizgadir».
Boshqaga emas. Bas, shundoq ekan, qayta tirilishga hech shubha yoʻq.
«U kunda ustlaridagi yer yorilib, shoshib chiqurlar.»
Rivoyatlarda kelishicha, oʻsha vaqtda Alloh taolo osmondan yomgʻir yogʻdirib, qabrda odamlarning jismlarini oʻstiradi. Xuddi, tuproqdagi donni oʻstirgandek. Jismlar oʻsib boʻlgandan soʻng, Alloh taolo Isrofil alayhissalomga amr qilib sur chaldiradi. Ruhlar surning teshigiga joylashtirilgan boʻladi. Isrofil alay- hissalom surga puflaganlarida ruhlar osmonlaru yerning orasidan chiqadi. Alloh taolo: «Izzatim va jalolim ila qasamki, har bir ruh qaysi jasadni obod qilgan boʻlsa, oʻshanga qaytsin», deydi. Har bir ruh oʻz jasadiga qaytadi va chayon zahri odam tanasida qanday tarqasa, shunday tarqaydi. Soʻng ularning ustidagi yer yoriladi va ular turib, hisob joyiga shoshiladilar.
«Ana oʻsha, Biz uchun oson toʻplashdir.»
Undoq oson toʻplash boshqa hech joyda va hech kimning huzurida yoʻqdir.
Ey Paygʻambar!