QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Qaf surasi · Oyatсураси · Оят44

يَوْمَ تَشَقَّقُ ٱلْأَرْضُ عَنْهُمْ سِرَاعًا ۚ ذَٰلِكَ حَشْرٌ عَلَيْنَا يَسِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U kunda ustlaridagi yer yorilib, shoshib chiqurlar. Ana o`sha, Biz uchun oson to`plashdir.У кунда устларидаги ер ёрилиб, шошиб чиқурлар. Ана ўша, Биз учун осон тўплашдир.Alauddin Mansour: U Kunda ularning ustidagi Yer yorilib, (ular) shoshgan hollarida (qabrlaridan chiqib kelurlar). Bu (yaʼni, Qiyomat Kunida barcha xaloyiqni hisob-kitob uchun toʻplash) yolgʻiz Bizgagina oson boʻlgan toʻplashdir.У Кунда уларнинг устидаги Ер ёрилиб, (улар) шошган ҳолларида (қабрларидан чиқиб келурлар). Бу (яъни, Қиёмат Кунида барча халойиқни ҳисоб-китоб учун тўплаш) ёлғиз Бизгагина осон бўлган тўплашдир.

520-sahifa · 26-juz · 52-hizb520-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَوْمَu kundaу кундаتَشَقَّقُyorilibёрилибٱلْأَرْضُyerерعَنْهُمْulardan (ustlaridagi)улардан (устларидаги)سِرَاعًۭا ۚshoshib chiqurlarшошиб чиқурларذَٰلِكَana oʻshaана ўшаحَشْرٌtoʻplashdirтўплашдирعَلَيْنَاBiz uchunБиз учунيَسِيرٌۭosonосон
TafsirТафсир

Kofir va mushriklar, oʻzlaricha, oʻlib, tuproq boʻlganimizdan keyin ham-a?! Bu qaytish aqldan uzoq», deb yuribdilar. Ularning bu gapi gʻirt aqlsizlik. Oʻlgandan keyin qayta tirilish juda ham oson. Chunki:

«Albatta, Biz tiriltirurmiz, oʻldirurmiz».

Allohning ixtiyorida boʻlgan narsaning, zotan, hamma narsa U zotning ixtiyorida, hech qiyinligi yoʻq. U zot har narsaga boʻl, desa, boʻladi. Shuningdek, oxiratdagi

«Va qaytish ham Bizgadir».

Boshqaga emas. Bas, shundoq ekan, qayta tirilishga hech shubha yoʻq.

«U kunda ustlaridagi yer yorilib, shoshib chiqurlar.»

Rivoyatlarda kelishicha, oʻsha vaqtda Alloh taolo osmondan yomgʻir yogʻdirib, qabrda odamlarning jismlarini oʻstiradi. Xuddi, tuproqdagi donni oʻstirgandek. Jismlar oʻsib boʻlgandan soʻng, Alloh taolo Isrofil alayhissalomga amr qilib sur chaldiradi. Ruhlar surning teshigiga joylashtirilgan boʻladi. Isrofil alay- hissalom surga puflaganlarida ruhlar osmonlaru yerning orasidan chiqadi. Alloh taolo: «Izzatim va jalolim ila qasamki, har bir ruh qaysi jasadni obod qilgan boʻlsa, oʻshanga qaytsin», deydi. Har bir ruh oʻz jasadiga qaytadi va chayon zahri odam tanasida qanday tarqasa, shunday tarqaydi. Soʻng ularning ustidagi yer yoriladi va ular turib, hisob joyiga shoshiladilar.

«Ana oʻsha, Biz uchun oson toʻplashdir.»

Undoq oson toʻplash boshqa hech joyda va hech kimning huzurida yoʻqdir.

Ey Paygʻambar!