ءَاخِذِينَ مَآ ءَاتَىٰهُمْ رَبُّهُمْ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَبْلَ ذَٰلِكَ مُحْسِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Robbilari bergan narsalarni oluvchilardir. Chunki, ular bundan oldin ehson qiluvchilardan bo`lganlardir.Роббилари берган нарсаларни олувчилардир. Чунки, улар бундан олдин эҳсон қилувчилардан бўлганлардир.Alauddin Mansour: (U Kunda) Parvardigor oʻzlariga ato etgan narsalarni (ajr-mukofotlarni) qabul qilgan hollarida (jannatlar va buloqlar ustida boʻlurlar). Zero, ular bundan ilgari (yaʼni, hayoti dunyodalik chogʻlarida) chiroyli amallar qilguvchi edilar.(У Кунда) Парвардигор ўзларига ато этган нарсаларни (ажр-мукофотларни) қабул қилган ҳолларида (жаннатлар ва булоқлар устида бўлурлар). Зеро, улар бундан илгари (яъни, ҳаёти дунёдалик чоғларида) чиройли амаллар қилгувчи эдилар.
Yaʼni, bu dunyoda yaxshi ishlar qilib yurgan taqvodorlar endi jannatda parvardigorlari bergan neʼmatlarni qabul qilib oladilar. Ularning bundoq izzat-ehtiromga sazovor boʻlishlarining sababi, hayoti dunyoda ehson qiluvchilardan boʻlganlaridir.
Ularning ushbu oliy maqomga yetkazuvchi boshqa amallari ham bor edi, jumladan: