كَانُوا۟ قَلِيلًا مِّنَ ٱلَّيْلِ مَا يَهْجَعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular kechalari oz uxlar edilar.Улар кечалари оз ухлар эдилар.Alauddin Mansour: Ular kechadan ozgina (fursatgina) koʻz yumar edilar.Улар кечадан озгина (фурсатгина) кўз юмар эдилар.
Yaʼni, kechani ibodat bilan bedorlikda oʻtkazib, oz uxlar edilar. Ushbu oyat tafsirida ulamolarimiz Abdurrohman ibn Zayd ibn Aslamdan quyidagi rivoyatni keltiradilar: «Bir kishi, ey, Abu Usoma, men bir sifatni oʻzimizda topmayapman. Alloh taolo bir qavmni eslab, kechalari oz uxlar edilar, degan edi, biz esa kechasi juda oz bedor boʻlamiz, dedi. Shunda Abu Usoma roziyallohu anhu: «Mudroq bosganda uxlab, uygʻonganda Allohga taqvo qilganlarga yaxshiliklar boʻlsin», dedilar». Demak, koʻp ibodat qilaman deb, oʻzini qiynash darajasiga bormaslik kerak ekan. Vaqtida uxlab, uygʻoqlik vaqtini bekor ketkazmasdan, ibodat va taqvodorlik qilishning oʻzi katta gapdir.