وَفِىٓ أَمْوَٰلِهِمْ حَقٌّ لِّلسَّآئِلِ وَٱلْمَحْرُومِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va molu mulklarida so`rovchi va bechoralarning haqqi bordir.Ва молу мулкларида сўровчи ва бечораларнинг ҳаққи бордир.Alauddin Mansour: Ularning mol-mulklarida soʻraguvchi va (mol-davlatdan) mahrum-muhtoj kishilar uchun (ajratilgan) haq-ulush boʻlar edi.Уларнинг мол-мулкларида сўрагувчи ва (мол-давлатдан) маҳрум-муҳтож кишилар учун (ажратилган) ҳақ-улуш бўлар эди.
Biz «soʻrovchi» deb tarjima qilgan soʻz Qurʼoni Karim matnida «soil» deb kelgan, yaʼni, nochorligidan oʻzgalardan moliyaviy yordam soʻrovchidir. «Bechora» esa, «mahrum» deb zikr qilingan, yaʼni, nochor boʻlsa ham, iffatli boʻlgani uchun uyalib, birovlardan moliyaviy yordam soʻramay yurgan odam. Shunda oyat, taqvodorlar soʻragan va soʻramagan muhtoj kishilarga oʻz mollaridan maʼlum miqdorda haq ajratib qoʻygan kishilardir, degan maʼnoni bildiradi. Taqvodor, dindor kishilar qoʻllariga kelgan mol-dunyoning hammasi faqat oʻzlariniki emas, balki unda muhtojlarning ham haqqi borligini doimo yaxshi tushunib yuradilar. Bu oyatda taqvodorlarning sifatlari bayoni bilan barobar mazkur suraning asosiy mavzularidan biri boʻlmish rizq masalasi zikr qilinyapti. Kishilarning qalblarini baxillikdan tozalash, faqat rizq ila mashgʻul boʻlib, boshqa muhim narsalarni unutib qoʻymaslik eslatilmoqda. Shuning uchun ham, kelasi oyatlarda bu masalaga alohida toʻxtaladi.