وَفِى ٱلسَّمَآءِ رِزْقُكُمْ وَمَا تُوعَدُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va osmonda rizqingiz hamda sizga va'da qilinayotgan narsa (bor).Ва осмонда ризқингиз ҳамда сизга ваъда қилинаётган нарса (бор).Alauddin Mansour: Osmonda esa sizlarning rizqu roʻzlaringiz (yaʼni, Yerda moʻl hosil boʻlishiga sabab boʻlguvchi yomgʻir) va sizlarga vaʼda qilinayotgan narsa (yaʼni, jannat) bordir.Осмонда эса сизларнинг ризқу рўзларингиз (яъни, Ерда мўл ҳосил бўлишига сабаб бўлгувчи ёмғир) ва сизларга ваъда қилинаётган нарса (яъни, жаннат) бордир.
Yaʼni, osmonda sizning rizqingiz sababchisi yomgʻiru qor bor. Aslini olganda, rizq sabablari yerda boʻlib koʻrinadi. Ammo Qurʼon bizning nazarimizni osmonga, gʻaybga, Allohga tortmoqda. Inson yerga ishonib, unga berilib, hamma rizq shu yerda deb, haqiqiy rizq beruvchini unutib qoʻymasin.
«Va osmonda rizqingiz...…» bor.
Xuddi shuningdek, vaʼda qilingan yaxshi-yomon narsalar barchasi ham Allohdan ekanligini inson bir lahza ham unutmasligi lozim.
«...…hamda sizga vaʼda qilinayotgan narsa (bor).»
Bu oʻtgan oyatlarda inson eʼtiborini yerga, insonning oʻziga va osmonga tortgandan soʻng, Alloh taolo mazkur gaplar rost ekanini Oʻzining oliy zoti ila qasam ichib tasdiqlamoqda.