QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Adh-Dhariyat surasi · Oyatсураси · Оят23

فَوَرَبِّ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ إِنَّهُۥ لَحَقٌّ مِّثْلَ مَآ أَنَّكُمْ تَنطِقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmonu yerning Robbisi ila qasamki, albatta, u (va'da) misoli siz nutq qilayotganingizdek haqiqatdir.Осмону ернинг Роббиси ила қасамки, албатта, у (ваъда) мисоли сиз нутқ қилаётганингиздек ҳақиқатдир.Alauddin Mansour: Bas, osmon va Yerning Parvardigoriga qasamki, albatta u (yaʼni, sizlarga vaʼda qilinayotgan barcha narsa) xuddi sizlarning soʻzlashingiz kabi (yaʼni, soʻzlagan soʻzlaringiz oʻzlaringiz uchun qandoq haq boʻlsa, ana shunday) haqqi-rostdir!Бас, осмон ва Ернинг Парвардигорига қасамки, албатта у (яъни, сизларга ваъда қилинаётган барча нарса) худди сизларнинг сўзлашингиз каби (яъни, сўзлаган сўзларингиз ўзларингиз учун қандоқ ҳақ бўлса, ана шундай) ҳаққи-ростдир!

521-sahifa · 26-juz · 52-hizb521-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَوَرَبِّbas, Robbi ila qasamбас, Робби ила қасамٱلسَّمَآءِosmonningосмоннингوَٱلْأَرْضِva yerningва ернингإِنَّهُۥalbatta, u(gap)албатта, у(гап)لَحَقٌّۭhaqiqatdirҳақиқатдирمِّثْلَmisoliмисолиمَآshu narsadekшу нарсадекأَنَّكُمْsizningсизнингتَنطِقُونَnutq qilishingizнутқ қилишингиз
TafsirТафсир

Yaʼni, yuqorida zikr qilib oʻtilgan, osmonda ekani tasdiqlangan vaʼdalar, sizning nutqingiz qanday haq boʻlsa, shunday haqdir.

Maʼlumki, insonga Alloh taolo koʻrish, eshitish, gapirish, hid bilish, taʼm bilish va tan bilan sezish xususiyatlarini bergan. Ushbu xususiyatlarning ichida faqat nutq inson irodasi bilan, boshqa narsaning taʼsirisiz yuzaga keladi. Eng avvalgi va zohir xususiyat–nutq, yaʼni gapirishdir. Bu, inkor etilmaydigan haqiqatdir. Shuning uchun ham, Alloh taolo haqiqatni isbotlashda nutqni misol keltirdi.

Ushbu oyatlarni oʻqib, eshitib, maʼnosini sharhlab yurilaveradi-yu, qalb bilan his etib, aqldan oʻtkazish hollari kam boʻladi. Agar haqiqiy maʼnolari chuqur anglab yetilsa, qalbga toʻliq borib yetsa, taʼsiri boshqacha boʻlardi.

Bunga misol qilib imom Jorulloh Zamaxshariy oʻzlarining «Kashshof» tafsirlarida buyuk arab adibi Asmaʼiydan bir rivoyat keltiradilar. U kishi bunday hikoya qilibdilar: «Bir kuni Basraning jomeʼ masjididan chiqib ketayotgan edim, bir aʼrobiy (sahrolik arab) oʻtirgan joyidan turib keldi-da, qaysi qabiladansan, deb soʻradi. Men, Bani Asmaʼdanman, dedim. U, qayerdan kelyapsan, dedi. Men, Allohning kalomi tilovat qilinayotgan joydan, dedim. U, menga ham tilovat qilib ber, dedi. Men «VazZaariyaat» surasini tilovat qilib, «Va fis-samai rizqikum va ma tuuʼadun» oyatini oʻqishim bilan: «Bas! Yetadi!!!» dedi-da, oʻrnidan turib, tuyasini soʻyib, kelgan-ketgan barchaga xudoyi qilib tarqatdi. Borib qilichi bilan kamonini olib, sindirib tashlab, boshini olib chiqib ketdi. Horun ar-Rashid bilan hajga borganimda, tavof qilib yursam, mayin ovoz meni chaqirayotganini eshitib qoldim. Qarasam, oʻsha aʼrobiy. Ozib-toʻzib, rangi sargʻayib ketibdi. Menga salom berib, yana oʻsha surani oʻqib ber, dedi. Tilovat qilib, yana oʻsha oyatga yetganimda, haqiqatan, Robbimiz vaʼda qilgan haqni topdik, deb qichqirdi-da, yana oʻqi, dedi. Men «Fa va robbis-samaai val arzi innahu la haqqun»ni oʻqigan edim, «Yo subhanalloh! Kim ulugʻ Allohning gʻazabini qoʻzgʻatib, Unga qasam ichirdi?! Oddiy gapiga ishonmay, qasam ichishga majbur qildilarmi?!» deb uch marta aytdi-da, jon taslim qildi».

Alloh bizlarni ham Oʻz oyatlarini chuqur his qiladigan bandalaridan qilsin!

Avvalgi oyatlarda zikri kelgan haqiqatlar oʻtgan ummatlar hayotida oʻz aksini qandoq topganini, ulardan biz qandoq oʻrnak olmogʻimiz darkorligini eslatib, Alloh taolo Ibrohim alayhissalom va oʻzga Paygʻambarlarning oʻz ummatlari bilan boʻlgan qissalarini keltiradi.

Ey Muhammad!