هَلْ أَتَىٰكَ حَدِيثُ ضَيْفِ إِبْرَٰهِيمَ ٱلْمُكْرَمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Senga Ibrohimning karamli mehmonlarining xabari kelmadimi?Сенга Иброҳимнинг карамли меҳмонларининг хабари келмадими?Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sizga Ibrohimning izzat-ikromli mehmonlari haqidagi xabar keldimi?(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сизга Иброҳимнинг иззат-икромли меҳмонлари ҳақидаги хабар келдими?
Bu oyatda xitobning Paygʻambar alayhissalomga qaratilishi xabarni ulugʻlashtirish, unga alohida eʼtiborni tortish uchundir. Ibrohim alayhissalom huzuriga kelgan mehmonlar yosh, xushroʻy yigitlar suvratidagi farishtalar edi. Ularni Alloh taolo «karamli» deb sifatladi, chunki ular Allohning huzurida mukarram edilar. Ibrohim alayhissalomning bundan xabarlari yoʻq edi. Shuning uchun ham, ular kirib u zotga salom berganlarida, alik oldilar-da, tanimayotganlarini izhor qildilar. Buni quyidagi oyatdan anglab olamiz.