QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Adh-Dhariyat surasi · Oyatсураси · Оят29

فَأَقْبَلَتِ ٱمْرَأَتُهُۥ فِى صَرَّةٍ فَصَكَّتْ وَجْهَهَا وَقَالَتْ عَجُوزٌ عَقِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, xotini qichqirib keldi va o`z yuziga shapaloq tushirib: «Qari, tug`mas xotin-a?!» – dedi.Бас, хотини қичқириб келди ва ўз юзига шапалоқ тушириб: «Қари, туғмас хотин-а?!» – деди.Alauddin Mansour: Shunda (ularning soʻzini eshitib turgan Ibrohimning) xotini qichqirgancha keldi-da, (bu xushxabardan ajablanganidan) oʻzining yuziga urib: «(Axir men) tugʻmas kampir(man)ku!», dedi.Шунда (уларнинг сўзини эшитиб турган Иброҳимнинг) хотини қичқирганча келди-да, (бу хушхабардан ажабланганидан) ўзининг юзига уриб: «(Ахир мен) туғмас кампир(ман)ку!», деди.

521-sahifa · 26-juz · 52-hizb521-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَأَقْبَلَتِbas, yuzlanib keldiбас, юзланиб келдиٱمْرَأَتُهُۥxotiniхотиниفِىilaилаصَرَّةٍۢqichqiriqқичқириқفَصَكَّتْbas, shapaloq tushirdiбас, шапалоқ туширдиوَجْهَهَاoʻz yuzigaўз юзигаوَقَالَتْva dediва дедиعَجُوزٌkampirкампирعَقِيمٌۭtugʻmasтуғмас
TafsirТафсир

Maʼlumki, Ibrohim alayhissalom toʻqson yoshlarigacha farzand koʻrmaganlar. Soʻngra kichik xotinlari Bibi Xojar onamizdan Ismoil alayhissalomni koʻrganlar. Undan soʻng hozir hikoya qilinayotgan hodisalar boʻlib oʻtgan. Bashorati berilayotgan farzand Ishoq alayhissalom, ayol esa katta xotinlari ekanligi oyat siyoqidan bilinib turibdi. Ibrohim alayhissalomning xotinlari oʻzlarining tugʻmasliklarini yaxshi bilardilar, buning ustiga, qarib-qartayib, farzand koʻrishdan butunlay umidlari uzilgan edi. Shuning uchun ham, xabarni eshitib dahshatga tushdilar. Odatda, xotinlar biror gʻayritabiiy xabarni eshitsalar, hayrat va taajjublarini «Voy shoʻrim!» deya yuzlariga shapatilab (yoki shunga oʻxshash xatti-harakatlar bilan) ifodalaydilar. Shu singari, Ibrohim alayhissalomning xotinlari ham oʻz yuzlariga shapaloq bilan urdilar. Chunki, bu, Allohning amri ekanini, xabarni farishtalar keltirganini u kishi anglay olmagan edilar. Bu haqiqatni u kishiga farishtalarning oʻzlari anglatdilar.