وَتَرَكْنَا فِيهَآ ءَايَةً لِّلَّذِينَ يَخَافُونَ ٱلْعَذَابَ ٱلْأَلِيمَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va u yerda alamli azobdan qo`rqadiganlar uchun oyat(belgi) qoldirdik.Ва у ерда аламли азобдан қўрқадиганлар учун оят(белги) қолдирдик.Alauddin Mansour: Biz (u qishloqdagi barcha kofirlarni halok qilganimizdan soʻng) alamli azobdan qoʻrqadigan zotlar (ibrat olishlari) uchun u joyda oyat-alomat qoldirdik.Биз (у қишлоқдаги барча кофирларни ҳалок қилганимиздан сўнг) аламли азобдан қўрқадиган зотлар (ибрат олишлари) учун у жойда оят-аломат қолдирдик.
Yaʼni, Lut alayhissalom diyorlarida oʻsha jinoyatchi qavmning qanday azobga uchraganini eslatib turuvchi belgi, alomat qoldirdik.
U yer hozirgi Oʻlik dengizdir. Avvallari u yerda dengiz boʻlmagan, balki Lut alayhissalom qavmlari yashagan obod joylar boʻlgan. Lekin qavm jinoyat qilib, Allohga osiy boʻlganidan soʻng, azob kelib, qattiq zilzila boʻlib, yerni ostin-ustun qilgan va oʻsha yer dengiz sathidan 400 metr pastgacha choʻkib ketgan. Hozir Oʻlik dengiz ostidan Lut qavmi yashagan maskanlarning qoldiqlari topilgan.
Yuqorida zikr etilgan oyat-belgilar boshqa qavmlarda ham qoldirilgan. Kelasi oyatlarda ulardan bir nechtasi eslatiladi. Birinchi boʻlib Muso alayhissalom qavmi haqida soʻz ketadi.
Muso va Firʼavn qissasi Qurʼoni Karimdagi eng koʻp takrorlangan va katta qissa hisoblanadi. Ammo, bu surada Firʼavn qavmi Muso alayhissalomning Paygʻambarliklarini inkor qilganliklari uchun halokatga uchraganlari eslatib oʻtiladi va Muhammad alayhissalomni inkor etganlarning oqibati ham shunday boʻlishiga ishora qilinadi.