QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Adh-Dhariyat surasi · Oyatсураси · Оят40

فَأَخَذْنَـٰهُ وَجُنُودَهُۥ فَنَبَذْنَـٰهُمْ فِى ٱلْيَمِّ وَهُوَ مُلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Biz uni va askarlarini tutib dengizga tashladik va u malomatga loyiq ish qiluvchi edi.Бас, Биз уни ва аскарларини тутиб денгизга ташладик ва у маломатга лойиқ иш қилувчи эди.Alauddin Mansour: Bas, Biz uni ham, qoʻshinlarini ham ushlab, ularni dengizga otdik — gʻarq qilib yubordik. U (Firʼavn oʻzining kibru havosi va kufru isyoni sababli har qanday) malomatga loyiqdir.Бас, Биз уни ҳам, қўшинларини ҳам ушлаб, уларни денгизга отдик — ғарқ қилиб юбордик. У (Фиръавн ўзининг кибру ҳавоси ва куфру исёни сабабли ҳар қандай) маломатга лойиқдир.

522-sahifa · 27-juz · 53-hizb522-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَأَخَذْنَـٰهُbas, uni tutdikбас, уни тутдикوَجُنُودَهُۥva askarlariniва аскарлариниفَنَبَذْنَـٰهُمْbas, ularni tashladikбас, уларни ташладикفِىichigaичигаٱلْيَمِّdengizденгизوَهُوَva uва уمُلِيمٌۭmalomatga loyiq ediмаломатга лойиқ эди
TafsirТафсир

Muso alayhissalom Bani Isroil bilan qochib dengiz boʻyiga borib qolganlarida, ortlaridan Firʼavn askarlari bilan bostirib kela boshladi. Shunda Allohning amri ila qoʻllaridagi hassa bilan suvni bir urgan edilar, suv yorilib yoʻllar ochildi. Muso alayhissalom Bani Isroil bilan birga qochib oʻtdilar, Firʼavn ham oʻz askarlarini boshlab oʻsha yoʻllarga yurgan edi, suv avvalgi holiga kelib hammalarini oqizib ketdi. Barchalari halok boʻldilar. Oyatda shu hodisaga ishora qilinyapti.

«Bas, Biz uni va askarlarini tutib dengizga tashladik….»

Chunki,

«u malomatga loyiq ish qiluvchi edi».

Firʼavn har qancha malomatga, har qancha azobga loyiq ish qilgan edi.

Soʻngra Qurʼoni Karim Od qavmining kufr tufayli halokatga uchraganini esga soladi: