وَفِى عَادٍ إِذْ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمُ ٱلرِّيحَ ٱلْعَقِيمَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Odda ham (belgi) bor. Vaqtiki, Biz ularga tug`mas shamolni yubordik.Ва Одда ҳам (белги) бор. Вақтики, Биз уларга туғмас шамолни юбордик.Alauddin Mansour: Od (qabilasining qissasi)da ham (ibrat bordir). Eslang, Biz ularning ustiga tugʻmas (yaʼni, hech qanday foyda yetkazmaydigan) boʻronni yuborgan edik.Од (қабиласининг қиссаси)да ҳам (ибрат бордир). Эсланг, Биз уларнинг устига туғмас (яъни, ҳеч қандай фойда етказмайдиган) бўронни юборган эдик.
Yaʼni, Od qavmida va uning qissasida ham alamli azobdan qoʻrqadiganlar uchun oyat-belgi bor. Biz ularni tugʻmas shamol yuborib halok qildik.
Od qavmiga yuborilgan shamolning «tugʻmas» deb taʼriflanishining sababi bor. Odatda, shamol yomgʻir yogʻishiga sabab boʻladi. Od qavmiga kelgan shamol esa, ularga yomgʻir emas, balo-ofat, halokatni olib kelgan, shuning uchun, uni tugʻmas, yaʼni befoyda, deb sifatlanyapti.