مَا تَذَرُ مِن شَىْءٍ أَتَتْ عَلَيْهِ إِلَّا جَعَلَتْهُ كَٱلرَّمِيمِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U qaysi narsaga yetib borsa, titib tashlamasdan qo`ymas.У қайси нарсага етиб борса, титиб ташламасдан қўймас.Alauddin Mansour: U (boʻron) nimaning ustidan oʻtsa, albatta uni (halok etib) xuddi chirib-bitgan suyaklar kabi qilib qoʻyar edi.У (бўрон) ниманинг устидан ўтса, албатта уни (ҳалок этиб) худди чириб-битган суяклар каби қилиб қўяр эди.
Shamol ham Allohning askarlaridan boʻlib, ulkan bir kuchga ega. Uni Alloh taolo xohlagan vaqtida, xohlagan joyiga, xohlagan ishini qilishga yuboradi. Qayergadir yomgʻir, xayr-baraka eltsa, boshqa joyga vayronalik va halokat olib boradi.
Od qavmiga yuborilgan shamol eng shafqatsiz shamol edi. U qaysi narsaga tegsa, oʻsha narsani chirib-titilib ketgan narsa kabi ilma-teshik qilib yuborar edi. Od qavmini ham, ularning barcha narsalarini ham oʻsha shamol tilka-pora qilib tashladi.
Endi Samud qavmining qissasi keltiriladi: