QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Adh-Dhariyat surasi · Oyatсураси · Оят54

فَتَوَلَّ عَنْهُمْ فَمَآ أَنتَ بِمَلُومٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan yuz o`gir. Bas, sen malomatga qoluvchi emassan.Улардан юз ўгир. Бас, сен маломатга қолувчи эмассан.Alauddin Mansour: Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz ulardan yuz oʻgiring! Endi (zimmangizdagi paygʻambarlikni toʻla yetkazganingizdan soʻng kofirlardan yuz oʻgirsangiz) siz malomat qilinguvchi emassiz.Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз улардан юз ўгиринг! Энди (зиммангиздаги пайғамбарликни тўла етказганингиздан сўнг кофирлардан юз ўгирсангиз) сиз маломат қилингувчи эмассиз.

523-sahifa · 27-juz · 53-hizb523-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَتَوَلَّbas, yuz oʻgirбас, юз ўгирعَنْهُمْulardanуларданفَمَآbas, emasбас, эмасأَنتَsenсенبِمَلُومٍۢmalomatga qoluvchiмаломатга қолувчи
TafsirТафсир

Paygʻambarning vazifasi Allohning amrini yetkazish edi. U zot bu ishni oʻz oʻrnida ado etdilar. Mushriklar gapga kirmadilar, ozor berdilar. Endi Paygʻambar alayhissalom ulardan yuz oʻgirsalar, u zotga hech qanday malomat yoʻq.