وَذَكِّرْ فَإِنَّ ٱلذِّكْرَىٰ تَنفَعُ ٱلْمُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va eslatgin. Albatta, eslatish mo`minlarga manfaat berur.Ва эслатгин. Албатта, эслатиш мўминларга манфаат берур.Alauddin Mansour: Va (Qurʼon bilan) pand-nasihat qiling! Zero, u pand-nasihatlar moʻminlarga nafʼ yetkazur.Ва (Қуръон билан) панд-насиҳат қилинг! Зеро, у панд-насиҳатлар мўминларга нафъ етказур.
Yaʼni, vaʼz-nasihat qil, bu, albatta, moʻminlarga taʼsir qiladi, foyda beradi. Kofirlar yuz oʻgirib ketaversin. Ammo moʻminlarga doim eslatib turmoq lozim, bu foydadan xoli emas. Ushbu maʼnoni har bir ilmli kishi, har bir daʼvatchi unutmasligi lozim. Gapirgan bilan foydasi yoʻq, shuncha aytdik, birov quloq solmadi, kabi bahonalarni unutish lozim. Ushbu oyati karima doim yodda turishi shart.
Kelasi oyatlarda Allohga qochishning haqiqiy maʼnosi ochiladi. Alloh taolo insonlar bilan jinlarni nimaga yaratganining hikmati namoyon boʻladi.