QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Adh-Dhariyat surasi · Oyatсураси · Оят56

وَمَا خَلَقْتُ ٱلْجِنَّ وَٱلْإِنسَ إِلَّا لِيَعْبُدُونِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Jin va insonni faqat Menga ibodat qilishlari uchungina yaratdim.Жин ва инсонни фақат Менга ибодат қилишлари учунгина яратдим.Alauddin Mansour: Men jin va insni faqat Oʻzimga ibodat qilishlari uchungina yaratdim.Мен жин ва инсни фақат Ўзимга ибодат қилишлари учунгина яратдим.

523-sahifa · 27-juz · 53-hizb523-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасخَلَقْتُMen yaratdimМен яратдимٱلْجِنَّjinniжинниوَٱلْإِنسَva insonniва инсонниإِلَّاfaqatфақатلِيَعْبُدُونِMenga ibodat qilishlari uchunginaМенга ибодат қилишлари учунгина
TafsirТафсир

Ushbu qisqagina oyatda ulkan haqiqat oʻz ifodasini topgandir. Odamlar va jinlarning yaratilishidan yagona maqsad Allohga ibodat qilish ekan. Koʻpgina islomiy tushunchalar qatori ibodat tushunchasida ham xatolar sodir boʻlgan. Oqibatda, hozirgi kunimizda «ibodat» deganda kishilar ongida namoz, roʻza, qiroat, zikr kabi narsalargina namoyon boʻladi. Toʻgʻri, mazkur amallar ulkan ibodatlardir, bularsiz Islomni tasavvur qilib boʻlmaydi. Ammo ushbu tushuncha bilan hozir tafsir qilayotgan oyatimizga murojaat qiladigan boʻlsak, insonlar va jinlar butun umrlarini namoz oʻqib, zikr qilib oʻtkazmoqlari lozim boʻlib qoladi. Chunki, insu jinni Alloh taolo faqat Oʻziga ibodat qilishlari uchun yaratgandir.

«Jin va insonni faqat Menga ibodat qilishlari uchungina yaratdim.»

Namozu roʻza, zikru tilovatdan boshqa ishga qoʻl urgan shaxs, haligiday tushuncha boʻyicha, Allohning irodasiga qarshi chiqqan osiy boʻladi.

Holbuki, boshqa oyatlarda Alloh taolo bandalarini yer yuzini obod qilishga, oila qurishga va boshqa ishlarga buyurgan. Insonni Oʻzining yer yuzidagi xalifasi(oʻrinbosari) deb eʼlon qilgan.

Demak, «ibodat» maʼnosining boshqacha talqini ham boʻlishi kerak.

Keling, ibodatning lugʻaviy maʼnosini, istilohiy maʼnosini oʻrganib chiqaylik-chi, qandoq natijaga erishar ekanmiz. «Ibodat» soʻzi arab tilida boʻysunish, oʻzini past tutish, itoat etish va amrni bajarish maʼnolarini anglatadi. Demak, har bir ishda Allohga boʻysunish, itoat qilish, Allohning amrlarini bajarish, huzurida oʻzini past olish Allohga ibodat qilishni anglatar ekan.

Ulamolar istilohida esa, Allohga yaqinlik hosil qilish uchun qilinadigan har bir ish ibodatdir. Alohida taʼkidlab aytmoq lozimki, namoz, roʻza, haj, zakot kabi ibodatlar Islomning negizini tashkil etadigan ulkan ibodatlardir. Bularsiz inson musulmon boʻlishi qiyin. Bu yerda xato «ibodat» maʼnosini faqat mazkur amallarga bogʻlab qoʻyishdadir. Shuning uchun, odam namoz oʻqiyotganda oʻzini Allohning huzurida his qiladi-yu, kasb bilan shugʻullanayotganda Allohga nomaʼqul ish qilayotgandek his qiladi oʻzini. Ibodat maʼnosini toʻgʻri tushunadigan boʻlsak, bu hozirgidan keng va komil tushuncha ekani maʼlum boʻladi. Har bir ishimizni shariatga mos qilib, Allohning amriga, Paygʻambar alayhissalomning sunnatlariga muvofiq olib borsak, har bir ishimiz ibodatga aylanadi, savob oʻrniga oʻtadi. Buning uchun ikki asosiy shartga amal qilmoq zarur:

1. Har bir ish Qurʼon yoki sunnatga muvofiq boʻlmogʻi lozim.

2. Har bir ishni qilish yoki tark etishda Allohning roziligini istash kerak. Shunda har bir ishimiz ibodatga aylanadi. Demak, niyatni yaxshilash lozim. Paygʻambarimiz alayhissalom oʻzlarining mashhur hadislarida: «Albatta, har bir ish niyatga bogʻliq, har bir kishi nimani niyat qilsa, oʻshanga yetadi», deganlar.

Islomda ibodat tushunchasi keng tushuncha ekanligiga Abu Zarr Fiforiy roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharif ham dalil-hujjat boʻladi: «Bir guruh kishilar:

«Ey, Allohning Rasuli, boylar ajru savobni olib qoʻydilar, chunki bizga oʻxshab namoz oʻqishadi, roʻza tutishadi va yana ustiga ortiqcha molu dunyolaridan sadaqa qiladilar», deyishdi. Ul zot:

«Alloh taolo sizlarga ham sadaqa qiladigan narsalarni berib qoʻymaganmi? Har bir tasbihlaring sadaqa, har bir takbir ham sadaqa, har bir tahlil ham sadaqa, amru maʼruf ham sadaqa, nahyi munkar ham sadaqa va har biringizning shahvatingizda ham sadaqa bor», dedilar. Shunda odamlar:

«Birontamiz shahvatimizni qondirsak ham ajr oladimi?»– deb soʻradilar. Paygʻambar alayhissalom:

«Aytinglar-chi, shu ishni haromdan bajarsa, unga gunoh boʻlarmidi? Xuddi shuningdek, haloldan bajarsa, unga ajr boʻladi», dedilar».