مَآ أُرِيدُ مِنْهُم مِّن رِّزْقٍ وَمَآ أُرِيدُ أَن يُطْعِمُونِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Men ulardan rizq xohlamayman va Meni ovqatlantirishlarini ham xohlamasman.Мен улардан ризқ хоҳламайман ва Мени овқатлантиришларини ҳам хоҳламасман.Alauddin Mansour: Men ulardan biron rizq istamasman va ular Meni taomlantirishini istamasman.Мен улардан бирон ризқ истамасман ва улар Мени таомлантиришини истамасман.
Demak, Alloh taolo insonlaru jinlardan rizq soʻramaydi, balki ularga rizq beradi. Ulardan taom soʻramaydi, balki ularga taom beradi. Allohning birdan-bir iroda qilgani ibodatdir, insonlaru jinlarni yaratishdan maqsad ham shudir. Lekin ibodatdan kimga foyda bor? Ibodat qiluvchining oʻziga. Unga ikki dunyoning baxtini ibodat beradi.
Suraning oxirida Paygʻambar alayhissalom davrlaridagi kofirlarga qarata quyidagi xabar keladi.