إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلرَّزَّاقُ ذُو ٱلْقُوَّةِ ٱلْمَتِينُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Alloh O`zi rizq beruvchi, quvvat egasi, shiddatlidir.Албатта, Аллоҳ Ўзи ризқ берувчи, қувват эгаси, шиддатлидир.Alauddin Mansour: Zero, Allohning Oʻzigina (barcha xaloyiqqa) rizqu roʻz berguvchi, kuch-quvvat sohibi va qudratlidir.Зеро, Аллоҳнинг Ўзигина (барча халойиққа) ризқу рўз бергувчи, куч-қувват соҳиби ва қудратлидир.
Demak, Alloh taolo insonlaru jinlardan rizq soʻramaydi, balki ularga rizq beradi. Ulardan taom soʻramaydi, balki ularga taom beradi. Allohning birdan-bir iroda qilgani ibodatdir, insonlaru jinlarni yaratishdan maqsad ham shudir. Lekin ibodatdan kimga foyda bor? Ibodat qiluvchining oʻziga. Unga ikki dunyoning baxtini ibodat beradi.
Suraning oxirida Paygʻambar alayhissalom davrlaridagi kofirlarga qarata quyidagi xabar keladi.