وَإِنَّ ٱلدِّينَ لَوَٰقِعٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va, albatta, qiyomat voqe' bo`lguvchidir.Ва, албатта, қиёмат воқеъ бўлгувчидир.Alauddin Mansour: Va albatta (Qiyomat Kunida hisob-kitob qilinganidan keyin) jazo-mukofot voqeʼ boʻlguvchidir.Ва албатта (Қиёмат Кунида ҳисоб-китоб қилинганидан кейин) жазо-мукофот воқеъ бўлгувчидир.
Qiyomat roʻy berishiga, u kuni har bir ishning hisob-kitobi boʻlib, har kim qilganiga yarasha mukofot yoki jazo olishi muqarrarligiga ishonish insonlar uchun juda ham muhimdir. Hozirgi kunimizdagi barcha musiybatlar, mushkulotlar ushbu tushuncha kishilar qalbidan oʻz oʻrnini topmaganligidan kelib chiqmoqda. Qachonki qiyomatga iymon mustahkam boʻlganda, yaxshiliklar koʻpayganligi insoniyat tarixidan maʼlum va mashhurdir. Bu sezgi har bir odam qalbida tez-tez yangilanib, jilolanib turmogʻi lozim. Shuning uchun ham, Qurʼoni Karimning makkiy suralarida bu mavzuga alohida eʼtibor beriladi va qayta-qayta takrorlanadi. Shunga qaramay, odamlar ichida bu narsalarga ishonmaydiganlar, dinni, Qurʼonni va Paygʻambarlikni inkor etuvchilar uchrab turadi. Ularning oqibati nima boʻlishini kelgusi oyatlar bayon qiladi. Bu haqiqatni ham Alloh taolo qasam ichib taʼkidlaydi.