وَٱلسَّمَآءِ ذَاتِ ٱلْحُبُكِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Go`zal, mustahkam osmon bilan qasam.Гўзал, мустаҳкам осмон билан қасам.Alauddin Mansour: (Samodagi yulduzlar harakat qiladigan) yoʻllar egasi boʻlgan osmonga qasamki,(Самодаги юлдузлар ҳаракат қиладиган) йўллар эгаси бўлган осмонга қасамки,
Ushbu oyatdagi xitob dinsiz va diyonatsiz kishilarga qaratilgandir. Darhaqiqat, dinsizlarning gaplari ixtilofli, turli- tuman boʻladi. Buning aksi oʻlaroq, iymonlilarning soʻzi bir xildir. Ular: Allohga, Uning Paygʻambariga, Qurʼoniga, qiyomat kuniga, farishtalariga, yaxshilik va yomonlik, qazoi qadar Allohdan ekanligiga ishonamiz, deydilar.
Bu narsalarga dinsizlarning munosabati turlicha boʻlib, baʼzilari Allohni butunlay inkor etsa, boshqalari tabiatni «Alloh» deydi, uchinchilari quyoshni, yana toʻrtinchilari oyni yoki yana qandaydir bir narsani «Alloh» deydi (Naʼuzubillohi min zalik).
Shuningdek, Qurʼoni Karimni baʼzi kofirlar sheʼrga qiyoslaydi, boshqalari oʻtganlarning afsonasi, sehr, folbinlik, meros, adabiy asar va hokazolar deydi.
Demak, iymonsizlik, dinsizlik insonlarni subutsiz qilib qoʻyadi. Ulamolarimizning koʻplari ushbu oyatlarda soʻz Qurʼoni Karim haqida ekanini taʼkidlaganlar.