إِنَّكُمْ لَفِى قَوْلٍ مُّخْتَلِفٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, sizlarning gaplaringiz ixtiloflidir.Албатта, сизларнинг гапларингиз ихтилофлидир.Alauddin Mansour: albatta sizlar (ushbu paygʻambar xususida) xilma-xil soʻz ustidadirsizlar.албатта сизлар (ушбу пайғамбар хусусида) хилма-хил сўз устидадирсизлар.
Ushbu oyatdagi xitob dinsiz va diyonatsiz kishilarga qaratilgandir. Darhaqiqat, dinsizlarning gaplari ixtilofli, turli- tuman boʻladi. Buning aksi oʻlaroq, iymonlilarning soʻzi bir xildir. Ular: Allohga, Uning Paygʻambariga, Qurʼoniga, qiyomat kuniga, farishtalariga, yaxshilik va yomonlik, qazoi qadar Allohdan ekanligiga ishonamiz, deydilar.
Bu narsalarga dinsizlarning munosabati turlicha boʻlib, baʼzilari Allohni butunlay inkor etsa, boshqalari tabiatni «Alloh» deydi, uchinchilari quyoshni, yana toʻrtinchilari oyni yoki yana qandaydir bir narsani «Alloh» deydi (Naʼuzubillohi min zalik).
Shuningdek, Qurʼoni Karimni baʼzi kofirlar sheʼrga qiyoslaydi, boshqalari oʻtganlarning afsonasi, sehr, folbinlik, meros, adabiy asar va hokazolar deydi.
Demak, iymonsizlik, dinsizlik insonlarni subutsiz qilib qoʻyadi. Ulamolarimizning koʻplari ushbu oyatlarda soʻz Qurʼoni Karim haqida ekanini taʼkidlaganlar.