يُؤْفَكُ عَنْهُ مَنْ أُفِكَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(Qur'on)dan kim burilsa, (butunlay) burib qo`yiladir.У(Қуръон)дан ким бурилса, (бутунлай) буриб қўйиладир.Alauddin Mansour: Undan (yaʼni, Qurʼondan, paygʻambardan Allohning ilmi azaliysida hidoyat yoʻlidan) burilgan (va saodatdan mahrum qilingan) kimsa burilib (yuz oʻgirib) ketur.Ундан (яъни, Қуръондан, пайғамбардан Аллоҳнинг илми азалийсида ҳидоят йўлидан) бурилган (ва саодатдан маҳрум қилинган) кимса бурилиб (юз ўгириб) кетур.
Yaʼni, kimki Qurʼonga iymon keltirmay, undan yuz oʻgirsa, butunlay burib qoʻyiladi. Hech qachon toʻgʻri yoʻlni topa olmaydi. Bundan kelib chiqadiki, kim Qurʼonga iymon keltirsa, uni mahkam tutsa, toʻgʻri yoʻlda boqiy qoladi. Qurʼondan burilib, boshqa narsani tutmoqchi boʻlgan odam esa, hech qachon najot topmaydi. Chunki, u butunlay zalolatga burilib qolgan boʻladi.