فَدَعَا رَبَّهُۥٓ أَنِّى مَغْلُوبٌ فَٱنتَصِرْ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Robbisiga duo qilib: «Albatta, men mag`lub bo`ldim, yordam ber», dedi.Ва Роббисига дуо қилиб: «Албатта, мен мағлуб бўлдим, ёрдам бер», деди.Alauddin Mansour: Shunda u Parvardigoriga: «Men (u kofir qavmimdan) magʻlubdirman. Oʻzing yordam qilgin», deb duo-iltijo qilgan edi.Шунда у Парвардигорига: «Мен (у кофир қавмимдан) мағлубдирман. Ўзинг ёрдам қилгин», деб дуо-илтижо қилган эди.
Demak, Nuh alayhissalomning toqatlari toq boʻlgan edi. Ul zot turli yoʻllar bilan oʻz qavmlarini dinga chaqirganliklari boshqa suralarda, jumladan, «Nuh» surasida batafsil bayon qilingan. Noiloj qolganlaridan soʻng, ey Robbim, toqatim qolmadi, sabrim tugadi, noilojman, magʻlub boʻldim, Oʻzing yordam ber, deb duo qildilar. Bu duo tezda qabul boʻldi.