۞ كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ فَكَذَّبُوا۟ عَبْدَنَا وَقَالُوا۟ مَجْنُونٌ وَٱزْدُجِرَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bulardan oldin Nuh qavmi ham yolg`onchi qilgan edi. Bas, bandamizni yolg`onchiga chiqarishdi va, majnun, deyishdi hamda unga to`siqlar qo`yishdi.Булардан олдин Нуҳ қавми ҳам ёлғончи қилган эди. Бас, бандамизни ёлғончига чиқаришди ва, мажнун, дейишди ҳамда унга тўсиқлар қўйишди.Alauddin Mansour: Ulardan (Makka kofirlaridan) ilgari Nuhning qavmi ham (uni) yolgʻonchi qilgan edi. — Ular Bizning bandamiz (Nuh)ni yolgʻonchi qilishib: «(U) bir majnun», dedilar va u (oʻz paygʻambarlik vazifasini ado etishdan) toʻsib qoʻyildi.Улардан (Макка кофирларидан) илгари Нуҳнинг қавми ҳам (уни) ёлғончи қилган эди. — Улар Бизнинг бандамиз (Нуҳ)ни ёлғончи қилишиб: «(У) бир мажнун», дедилар ва у (ўз пайғамбарлик вазифасини адо этишдан) тўсиб қўйилди.
Ey Muhammad! Sening qavmingdan oldin oʻtgan «…Nuh qavmi ham yolgʻonchi qilgan edi». Ha, oʻsha Nuh qavmi, «Bas, bandamizni yolgʻonchiga chiqarishdi…». Yaʼni, Bizning ularga Paygʻambar qilib yuborgan bandamiz Nuh alayhissalomni yolgʻonchiga chiqarishdi. «...va, majnun, deyishdi hamda unga toʻsiqlar qoʻyishdi.» Ha, mazkur nobakor qavm Paygʻambarimiz Nuh alayhissalomni yolgʻonchiga chiqarish bilangina kifoyalanib qolmay, u zotni «jinni» deyishdi va u zotning daʼvatlari yoʻliga turli toʻsiqlar qoʻyishdi. Shunda u, Nuh Paygʻambar, oʻz Robbisiga yuzlandi: