QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qamar surasi · Oyatсураси · Оят8

مُّهْطِعِينَ إِلَى ٱلدَّاعِ ۖ يَقُولُ ٱلْكَـٰفِرُونَ هَـٰذَا يَوْمٌ عَسِرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Chaqiruvchiga qarab bo`yinlarini cho`zib, shoshilib borurlar. Kofirlar: «Bu qiyin kun-ku», derlar.Чақирувчига қараб бўйинларини чўзиб, шошилиб борурлар. Кофирлар: «Бу қийин кун-ку», дерлар.Alauddin Mansour: Chorlaguvchi tomoniga shoshganlaricha ketar ekanlar, u kofirlar «Bu ogʻir kundir», derlar.Чорлагувчи томонига шошганларича кетар эканлар, у кофирлар «Бу оғир кундир», дерлар.

529-sahifa · 27-juz · 53-hizb529-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مُّهْطِعِينَboʻyinlarini choʻzib shoshilibбўйинларини чўзиб шошилибإِلَى-ga-гаٱلدَّاعِ ۖchaqiruvchiчақирувчиيَقُولُderlarдерларٱلْكَـٰفِرُونَkofirlarкофирларهَـٰذَاbuбуيَوْمٌkunкунعَسِرٌۭqiyinқийин
TafsirТафсир

Yaʼni, kofirlar qabrlaridan qoʻrqib chiqib, chigirtkaga oʻxshab sakrab-sakrab va boʻyinlarini choʻzib, shoshilib boradilar. Ha,

«Chaqiruvchiga qarab boʻyinlarini choʻzib, shoshilib borurlar».

Bu dunyoda iymondan qochib, dinga amal qilmay, qiyomatni tan olmay yurganlar, oʻsha kunning tashvishi boshlariga tushganda, oʻz koʻzlari bilan koʻrganlaridan soʻng, ham armon, ham nadomat, ham qoʻrqinch va ham iltimos ila, bu kun qiyin kun ekan-ku, deya boshlaydilar. Zero, ularning bundan oʻzga ilojlari ham boʻlmaydi. Ha,

«Kofirlar, bu qiyin kun-ku, derlar».

Kelasi oyatlar Quraysh mushriklari va boshqa kofirlarga oʻrnak sifatida, barchaning undan ibrat olishi uchun nozil boʻlgandir. Bu oyatlarda avval oʻtgan baʼzi ummatlarning azob va halokatga uchrash qissalari takroran keltiriladi.Chunki, ular oʻz Paygʻambarlariga qarshi chiqqan, dinlariga amal qilmagan edilar. Mazkur oyatlar Nuh qavmi haqidagi qissa bilan boshlanadi: