خُشَّعًا أَبْصَـٰرُهُمْ يَخْرُجُونَ مِنَ ٱلْأَجْدَاثِ كَأَنَّهُمْ جَرَادٌ مُّنتَشِرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qabrlardan, ko`zlari qo`rqinchga to`lgan holda, xuddi yoyilgan chigirtkaga o`xshab chiqib kelurlar.Қабрлардан, кўзлари қўрқинчга тўлган ҳолда, худди ёйилган чигирткага ўхшаб чиқиб келурлар.Alauddin Mansour: Ular (kofirlar) koʻzlari (qoʻrquvdan) quyiga boqqan hollarida goʻyo yoyilgan chigirtkalar kabi, qabrlaridan chiqib kelurlar!Улар (кофирлар) кўзлари (қўрқувдан) қуйига боққан ҳолларида гўё ёйилган чигирткалар каби, қабрларидан чиқиб келурлар!
Yaʼni, sarkashlik qilib iymonga yuz tutmaganlar bilan ovora boʻlishning keragi yoʻq, ulardan yuz oʻgir, deydi Alloh taolo Paygʻambarimiz alayhissalomga.
«Bas, Ulardan yuz oʻgir!»
Ular ushbu hollarida yuraversinlar. Bir kuni keladiki, unda chaqiruvchi (Isrofil alayhissalom) chaqiradi.
«Chaqiruvchi munkar narsaga chaqirgan kunda...»
«Sur» degan nayiga puflaydi. Birinchi puflaganda hamma oʻlib bitadi, hech bir tirik jon qolmaydi. Ikkinchi bor puflaganda (oyatda koʻzda tutilgan chaqirishdan murod ham shu), avvalu oxir hamma xaloyiq tirilib oʻrnidan turadi.
«Qabrlardan, koʻzlari qoʻrqinchga toʻlgan holda...»
Va oʻshanda bu dunyoda kufrni tanlab, ilohiy daʼvatdan yuz oʻgirib yurganlar, qabrlaridan koʻzlari qoʻrqinchga toʻlgan holda turadilar.
«...xuddi yoyilgan chigirtkaga oʻxshab chiqib kelurlar.»
Ular qiyomat dahshatidan shu darajada qoʻrqadilarki, har biri oʻzi bilan oʻzi ovora boʻlib, hushini yoʻqotib, xuddi har tarafga tarqalib ketgan chigirtkalarga oʻxshab qoladi.
Ular yana qanday holatga tushishlari kelasi oyatda bayon qilinadi: