فَتَوَلَّ عَنْهُمْ ۘ يَوْمَ يَدْعُ ٱلدَّاعِ إِلَىٰ شَىْءٍ نُّكُرٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, Ulardan yuz o`gir! Chaqiruvchi munkar narsaga chaqirgan kunda.Бас, Улардан юз ўгир! Чақирувчи мункар нарсага чақирган кунда.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), endi siz ulardan yuz oʻgiring! Chorlaguvchi (Isrofil farishta) notanish boʻlgan bir narsaga (yaʼni, Qiyomatdagi kofirlar uchun dahshatli hisob-kitobga) chorlaydigan Kunda;(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), энди сиз улардан юз ўгиринг! Чорлагувчи (Исрофил фаришта) нотаниш бўлган бир нарсага (яъни, Қиёматдаги кофирлар учун даҳшатли ҳисоб-китобга) чорлайдиган Кунда;
Yaʼni, sarkashlik qilib iymonga yuz tutmaganlar bilan ovora boʻlishning keragi yoʻq, ulardan yuz oʻgir, deydi Alloh taolo Paygʻambarimiz alayhissalomga.
«Bas, Ulardan yuz oʻgir!»
Ular ushbu hollarida yuraversinlar. Bir kuni keladiki, unda chaqiruvchi (Isrofil alayhissalom) chaqiradi.
«Chaqiruvchi munkar narsaga chaqirgan kunda...»
«Sur» degan nayiga puflaydi. Birinchi puflaganda hamma oʻlib bitadi, hech bir tirik jon qolmaydi. Ikkinchi bor puflaganda (oyatda koʻzda tutilgan chaqirishdan murod ham shu), avvalu oxir hamma xaloyiq tirilib oʻrnidan turadi.
«Qabrlardan, koʻzlari qoʻrqinchga toʻlgan holda...»
Va oʻshanda bu dunyoda kufrni tanlab, ilohiy daʼvatdan yuz oʻgirib yurganlar, qabrlaridan koʻzlari qoʻrqinchga toʻlgan holda turadilar.
«...xuddi yoyilgan chigirtkaga oʻxshab chiqib kelurlar.»
Ular qiyomat dahshatidan shu darajada qoʻrqadilarki, har biri oʻzi bilan oʻzi ovora boʻlib, hushini yoʻqotib, xuddi har tarafga tarqalib ketgan chigirtkalarga oʻxshab qoladi.
Ular yana qanday holatga tushishlari kelasi oyatda bayon qilinadi: