QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qamar surasi · Oyatсураси · Оят11

فَفَتَحْنَآ أَبْوَٰبَ ٱلسَّمَآءِ بِمَآءٍ مُّنْهَمِرٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, osmon eshiklarini sharros suv bilan ochib yubordik.Бас, осмон эшикларини шаррос сув билан очиб юбордик.Alauddin Mansour: Biz osmon darvozalarini (tinimsiz) quyilguvchi suv — sel bilan ochib yubordik.Биз осмон дарвозаларини (тинимсиз) қуйилгувчи сув — сел билан очиб юбордик.

529-sahifa · 27-juz · 53-hizb529-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَفَتَحْنَآbas, ochib yubordikбас, очиб юбордикأَبْوَٰبَeshiklariniэшиклариниٱلسَّمَآءِosmonосмонبِمَآءٍۢsuv bilanсув биланمُّنْهَمِرٍۢsharros quyiluvchiшаррос қуйилувчи
TafsirТафсир

Alloh taolo Nuh alayhissalomning duolarini qabul qilgach, u jinoyatkor qavmni halok qilish uchun ustlariga toʻfon balosini yuborishni iroda qildi. «Bas, osmon eshiklarini sharros suv bilan ochib yubordik.» Shunda, osmondan suv sharros quyila boshladi. Xuddi, osmonning hamma darvozasidan toʻla suv qoʻyilayotgandek edi. «Va yerdan otiltirib buloqlar chiqardik.» Suvning osmondan quyilishi bilan kifoyalanib qolmasdan, yerdan otiltirib buloqlar ham chiqarilgani toʻfon naqadar dahshatli ofat ekanini anglatadi. «Bas, suvlar taqdir qilingan ish uchun birlashdilar.» Osmondan tushgan suv bilan yerdan chiqqan suv Alloh taqdir qilgan ish–Nuh qavmini halok qilish uchun birlashdi. Shu vaqtda: