QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qamar surasi · Oyatсураси · Оят12

وَفَجَّرْنَا ٱلْأَرْضَ عُيُونًا فَٱلْتَقَى ٱلْمَآءُ عَلَىٰٓ أَمْرٍ قَدْ قُدِرَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va yerdan otiltirib buloqlar chiqardik. Bas, suvlar taqdir qilingan ish uchun birlashdilar.Ва ердан отилтириб булоқлар чиқардик. Бас, сувлар тақдир қилинган иш учун бирлашдилар.Alauddin Mansour: Va barcha yerdan chashmalar chiqarib yubordik. Bas, (osmon va Yerning) suvi taqdir qilib qoʻyilgan bir ish (yaʼni, kofirlarni gʻarq qilib yuborish) ustida uchrashdilar!Ва барча ердан чашмалар чиқариб юбордик. Бас, (осмон ва Ернинг) суви тақдир қилиб қўйилган бир иш (яъни, кофирларни ғарқ қилиб юбориш) устида учрашдилар!

529-sahifa · 27-juz · 53-hizb529-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَفَجَّرْنَاva otiltirib chiqardikва отилтириб чиқардикٱلْأَرْضَyerdanерданعُيُونًۭاbuloqlarбулоқларفَٱلْتَقَىbas, birlashdiбас, бирлашдиٱلْمَآءُsuv(lar)сув(лар)عَلَىٰٓuchunучунأَمْرٍۢishишقَدْbatahqiqбатаҳқиқقُدِرَtaqdir qilinganтақдир қилинган
TafsirТафсир

Alloh taolo Nuh alayhissalomning duolarini qabul qilgach, u jinoyatkor qavmni halok qilish uchun ustlariga toʻfon balosini yuborishni iroda qildi. «Bas, osmon eshiklarini sharros suv bilan ochib yubordik.» Shunda, osmondan suv sharros quyila boshladi. Xuddi, osmonning hamma darvozasidan toʻla suv qoʻyilayotgandek edi. «Va yerdan otiltirib buloqlar chiqardik.» Suvning osmondan quyilishi bilan kifoyalanib qolmasdan, yerdan otiltirib buloqlar ham chiqarilgani toʻfon naqadar dahshatli ofat ekanini anglatadi. «Bas, suvlar taqdir qilingan ish uchun birlashdilar.» Osmondan tushgan suv bilan yerdan chiqqan suv Alloh taqdir qilgan ish–Nuh qavmini halok qilish uchun birlashdi. Shu vaqtda: