تَجْرِى بِأَعْيُنِنَا جَزَآءً لِّمَن كَانَ كُفِرَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(Kema) inkor qilingan shaxs(Nuh)ga mukofot bo`lib, Bizning inoyatimiz ila yuradir.У(Кема) инкор қилинган шахс(Нуҳ)га мукофот бўлиб, Бизнинг иноятимиз ила юрадир.Alauddin Mansour: U (kema) Bizning koʻz oʻngimizda (hifzu-himoyamizda) suzar. (Bu oʻz qavmi tomonidan paygʻambarligi) inkor qilingan kishi (yaʼni, Nuh paygʻambar) uchun mukofotdir.У (кема) Бизнинг кўз ўнгимизда (ҳифзу-ҳимоямизда) сузар. (Бу ўз қавми томонидан пайғамбарлиги) инкор қилинган киши (яъни, Нуҳ пайғамбар) учун мукофотдир.
Yaʼni, oʻsha, «Taxtalari va mixlari bor narsa» boʻlmish kema, kofirlar tomonidan inkor qilingan Nuh alayhissalomga Alloh taolo tomonidan mukofot boʻlib, Alloh taoloning Oʻzining inoyati ila yuradi.
Allohning yoʻlida qilingan har bir ish mukofotsiz qolmaydi. Nuh alayhissalomning uzoq va mashaqqatli mehnatlari evaziga mukofot shu boʻldiki, butun dunyoni toʻfon bosganda ham, u kishini Alloh taolo Oʻz inoyati ila saqlab qoldi.