QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qamar surasi · Oyatсураси · Оят15

وَلَقَد تَّرَكْنَـٰهَآ ءَايَةً فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va u(hodisa)ni belgi qilib qoldirdik. Qani, ibrat oluvchi bormi?!Ва у(ҳодиса)ни белги қилиб қолдирдик. Қани, ибрат олувчи борми?!Alauddin Mansour: Darhaqiqat, Biz u (Toʻfon balosi)ni bir oyat-ibrat qilib qoldirdik. Bas, biron eslatma-ibrat olguvchi bormi?!Дарҳақиқат, Биз у (Тўфон балоси)ни бир оят-ибрат қилиб қолдирдик. Бас, бирон эслатма-ибрат олгувчи борми?!

529-sahifa · 27-juz · 53-hizb529-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدva darhaqiqatва дарҳақиқатتَّرَكْنَـٰهَآuni qoldirdikуни қолдирдикءَايَةًۭbelgi qilibбелги қилибفَهَلْbas, bormiбас, бормиمِنbirorбирорمُّدَّكِرٍۢibrat oluvchiибрат олувчи
TafsirТафсир

Baʼzi ulamolar «Belgi sifatida qoldirilgan narsa Nuh alayhissalomning kemasidir», deydilar

Sahobalarni koʻrgan musulmonlar avlodidan boʻlgan mashhur tafsirchi Qatoda roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda u kishi: «Alloh taolo Nuh alayhissalomning kemalarini boqiy qoldirgan, hattoki bizning ummatimiz vakillari ham koʻrishgan», degan ekanlar. Yaqinda kosmik kemalar yordamida mazkur kemaning qoldiqlari togʻ ustidan topilgani hammaga maʼlum qilindi.

Keyinchalik, muz ichida turgan u kemani baʼzi tadqiqotchilar Turkiya tomondan toqqa chiqib borib koʻrdilar.

Ushbu qissaga Alloh taolo quyida keladigan ikki oyat bilan xulosa yasaydi. Halokatga uchragan boshqa ummatlar qissasi tugagandan soʻng ham bu oyatlar qayta-qayta keltiriladi.