QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qamar surasi · Oyatсураси · Оят17

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Darhaqiqat, Biz Qur'onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!Дарҳақиқат, Биз Қуръонни зикр учун осон қилдик. Бас, зикр қилувчи борми?!Alauddin Mansour: Qasamki, Biz Qurʼonni zikr-eslatma olish uchun oson qilib qoʻydik. Bas, biron eslatma-ibrat olguvchi bormi?Қасамки, Биз Қуръонни зикр-эслатма олиш учун осон қилиб қўйдик. Бас, бирон эслатма-ибрат олгувчи борми?

529-sahifa · 27-juz · 53-hizb529-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva darhaqiqatва дарҳақиқатيَسَّرْنَاoson qildikосон қилдикٱلْقُرْءَانَQurʼonniҚуръонниلِلذِّكْرِzikr uchunзикр учунفَهَلْbas, bormiбас, бормиمِنbirorбирорمُّدَّكِرٍۢzikr qiluvchiзикр қилувчи
TafsirТафсир

Alloh taolo bandasiga mehribon. Agar U zotning Oʻzi oson qilib qoʻymaganida, birortamiz ilohiy kalomni oʻqishga, eslashga va yodlashga qodir boʻlmas edik.

Nuh alayhissalom qavmi qissasi tugagandan soʻng Od qavmi qissasi boshlanadi. Od qabilasi qadimiy arab qabilalaridan boʻlib, nasabi Nuh alayhissalomga boradigan bobolari Odning nomi bilan atalgan. Od qavmi qumli joyda yashagan. Ularning joyi Yaman, Ummon, Hazaramavt oraligʻida joylashgan. Bu qabila but-sanamlarga sigʻinardi. Ularga Alloh taolo Hud alayhissalomni Paygʻambar qilib yubordi. Ul zot ularni Allohga ibodat qilishga chaqirib, butlarga sigʻinishdan qaytardilar. Kofirlikda davom etaversalar, Allohning azobiga uchrashlarini eslatdilar. Qavm u kishiga quloq osmadi, balki u zotni yolgʻonchiga, esi pastga chiqardi. Alloh taolo juda sovuq, dahshat soluvchi shamolni yuborib, ularni halok qildi va Hud alayhissalomni moʻminlar bilan birga saqlab qoldi. Od qavmi qissasi Qurʼoni Karimning koʻpgina suralarida turli uslub va hajmda keltirilgan. Bu surada ham oʻziga xos uslubda takrorlangan.