كَذَّبَتْ عَادٌ فَكَيْفَ كَانَ عَذَابِى وَنُذُرِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Od (Hudni) yolg`onchiga chiqardi. Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq bo`ldi?Од (Ҳудни) ёлғончига чиқарди. Бас, Менинг азобим ва огоҳлантиришим қандоқ бўлди?Alauddin Mansour: Od (qabilasi ham oʻzlariga yuborilgan Hud paygʻambarni) yolgʻonchi qildi. Bas, Mening azobim ogohlantirishim qandoq boʻldi?!Од (қабиласи ҳам ўзларига юборилган Ҳуд пайғамбарни) ёлғончи қилди. Бас, Менинг азобим огоҳлантиришим қандоқ бўлди?!
Alloh taolo jaholatga botgan Od qavmini hidoyatga boshlash uchun ularning oʻzlaridan boʻlgan Hud alayhissalomni Paygʻambar etib yubordi. Bas, u zotga iymon keltirish va ergashish oʻrniga,
«Od (Hudni) yolgʻonchiga chiqardi».
Albatta Alloh taolo Oʻz Paygʻambarini yolgʻonchiga chiqargan qavmni tek tashlab qoʻymaydi. Alloh undoq qavmni ogohlantiradi va azoblaydi. Od qavmiga ham shundoq boʻldi.
«Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq boʻldi?»
Bu savolning javobini Allohning Oʻzi kelasi oyatlarda beradi.