QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qamar surasi · Oyatсураси · Оят2

وَإِن يَرَوْا۟ ءَايَةً يُعْرِضُوا۟ وَيَقُولُوا۟ سِحْرٌ مُّسْتَمِرٌّ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar bir oyat(mo`'jiza)ni ko`rsalar, yuz o`girarlar va: «Bu — o`tkinchi sehr», derlar.Агар бир оят(мўъжиза)ни кўрсалар, юз ўгирарлар ва: «Бу — ўткинчи сеҳр», дерлар.Alauddin Mansour: Agar ular (Quraysh kofirlari Muhammad alayhis-salotu vas-salomning haq paygʻambar ekanliklariga dalolat qiladigan) biron oyat-moʻʼjiza koʻrsalar (ham u paygʻambarga iymon keltirish oʻrniga) yuz oʻgirurlar va «(Bu) har doimgi sehr-ku!», derlar.Агар улар (Қурайш кофирлари Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломнинг ҳақ пайғамбар эканликларига далолат қиладиган) бирон оят-мўъжиза кўрсалар (ҳам у пайғамбарга иймон келтириш ўрнига) юз ўгирурлар ва «(Бу) ҳар доимги сеҳр-ку!», дерлар.

528-sahifa · 27-juz · 53-hizb528-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنva agarва агарيَرَوْا۟koʻrsalarкўрсаларءَايَةًۭbir oyat-moʻʼjizaniбир оят-мўъжизаниيُعْرِضُوا۟yuz oʻgirarlarюз ўгирарларوَيَقُولُوا۟va derlarва дерларسِحْرٌۭsehrсеҳрمُّسْتَمِرٌّۭoʻtkinchiўткинчи
TafsirТафсир

Yaʼni, mushriklar Paygʻambar oʻzining haqligiga dalil boʻlgan moʻʼjizani koʻrsatsa, oʻzlari shuni talab qilganliklariga qaramay, bu oʻtkinchi, vaqtinchalik sehr, deyishadi. Bu oyatda mushriklar, kofirlar, dinsizlar Islomga, iymonga yurmaslik uchun doimo bahona axtarishlariga ishora bordir. Shu bilan birga, Makka mushriklarining qilgan ishlarini esga solish ham bor. Avval rivoyat qilinganidek, mushriklar Muhammad alayhissalomga iymon keltirish uchun moʻʼjiza koʻrsatishni shart qilishgan edi. Yaʼni, oyni ikki boʻlib yuborsang, biz senga iymon keltiramiz, degan maʼnodagi gap aytgan edilar. Aytganlari amalga oshdi. Paygʻambar alayhissalom iltijo ila duo qilgan edilar, Alloh Oʻz suyukli bandasiga ikrom koʻrsatib, duoni qabul qildi va oy ikkiga boʻlindi. Buni hamma–doʻst ham, dushman ham, mushrik ham, muslim ham koʻrdi. Moʻminlarning iymoni ziyoda boʻldi. Mushriklar esa, oʻz odatlarga koʻra, bahona axtarishdi, Muhammad bizni sehrlab qoʻydi, deyishdi. Ularning fikricha, aslida, oy boʻlinmay butunligicha turibdi-yu, lekin Paygʻambar alayhissalom sehrgarlik qilib, ularni sehrlab, koʻzlariga oyni ikkiga boʻlingan qilib koʻrsatgan emishlar. Shuning uchun ham, birorta yoʻlovchi kishini kutishdi. Ammo yoʻlovchilar ham oyning yorilgan holini koʻrganlarini aytishdi. Shunday qilib, hidoyat yoʻlini tanlashga yana bir katta imkoniyat tugʻilganiga qaramay, yana oʻz xatolarida davom etaverdilar va, Muhammad bularni ham sehrlab qoʻyibdi, deyishdi.

Shu oʻrinda sehr bilan Paygʻambarlarning moʻʼjizalari orasidagi farq ham ayon boʻladi. Sehrgar oʻz hiylasini ishlatib, yonida turgan odamlargagina aslida boʻlmagan narsani boʻlgandek qilib koʻrsatadi. Bundan tashqari, u oʻz faoliyatida maxfiy tayyorlangan vositalar, chaqqon harakatlar va turli taʼsir koʻrsatish uslublaridan foydalanadi. Paygʻambarlarning moʻʼjizalari esa, hech qanday vositasiz, duo bilan, chindan ham favqulodda hodisaning roʻy berishi ila sobit boʻladi. Misol uchun, oyni olaylik. Oy bitta boʻlib, u oʻzidan-oʻzi yoki biror vosita yordamida boʻlinishi mumkin emas. Alloh taolo uni shunday qilib yaratgan. Unga shunga yarasha xususiyatlar bergan. Lekin Oʻzining Paygʻambari hurmatidan uning duosini qabul qilib, maʼlum muddatga oyning doimiy xususiyatlarini amaldan qoldirdi va uning ikkiga boʻlinishini iroda qildi. Bu voqea haqiqatda roʻy berdi. Shuning uchun ham, hijratdan avval Makkada Muhammad alayhissalom shu duoni oʻqiganlarida yonlarida birga turgan insonlar ham, yoʻlovchilar ham, Hindistonda ibodatxona qurmoqchi boʻlganlar ham, xullas, butun insoniyat birdek koʻrdi.

Mushriklar bu koʻrsatilgan oyat-moʻʼjizani inkor etib, uni sehrga yoʻyish bilan chegaralanib qolmadilar, balki: