QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Qamar surasi · Oyatсураси · Оят3

وَكَذَّبُوا۟ وَٱتَّبَعُوٓا۟ أَهْوَآءَهُمْ ۚ وَكُلُّ أَمْرٍ مُّسْتَقِرٌّ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va yolg`onga chiqardilar hamda havoyi nafslariga ergashdilar. Holbuki, har bir ish o`z o`rnini topuvchidir.Ва ёлғонга чиқардилар ҳамда ҳавойи нафсларига эргашдилар. Ҳолбуки, ҳар бир иш ўз ўрнини топувчидир.Alauddin Mansour: Ular (paygʻambarni) yolgʻonchi qildilar va havoyi nafslariga ergashdilar. — Har bir ish (oʻz) joyini topguvidir (yaʼni, garchi kofirlar yuz oʻgirsalar-da, bu haq din Yer yuzida qaror topur).Улар (пайғамбарни) ёлғончи қилдилар ва ҳавойи нафсларига эргашдилар. — Ҳар бир иш (ўз) жойини топгувидир (яъни, гарчи кофирлар юз ўгирсалар-да, бу ҳақ дин Ер юзида қарор топур).

528-sahifa · 27-juz · 53-hizb528-саҳифа · 27-жуз · 53-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَكَذَّبُوا۟va yolgʻonga chiqardilarва ёлғонга чиқардиларوَٱتَّبَعُوٓا۟va ergashdilarва эргашдиларأَهْوَآءَهُمْ ۚhavoyi nafslarigaҳавойи нафсларигаوَكُلُّva har birва ҳар бирأَمْرٍۢishишمُّسْتَقِرٌّۭoʻz oʻrnini topuvchidirўз ўрнини топувчидир
TafsirТафсир

Qurʼoni Karimning moʻʼjizakorligi har bir oyatda oʻz aksini topgan. Ushbu oyatda «Yolgʻonga chiqardilar» deyilgan. Nimani? Yoki kimni? Bu savolga oʻquvchining oʻzi javob topadi. Shuning uchun ham, mazkur oyatning tafsirida ulamolar turlicha javob aytganlar. Jumladan, Paygʻambar alayhissalomni, belgi-moʻʼjizani, Qurʼonni, deyishgan. Aslida, hammasi ham toʻgʻri, chunki bu yerda umumlashgan maʼnoni tushunmoq lozim. Havoyi nafsga ergashish dinsizlarning siymolarini belgilaydigan asosiy xususiyat hisoblanadi. Ular Allohning amriga emas, balki havoyi nafslariga boʻysunadilar. Allohga emas, oʻz xohish-istaklariga banda boʻladilar. Lekin har bir ish–katta boʻlsin, kichik boʻlsin, yaxshi boʻlsin, yomon boʻlsin, oxir oqibat oʻz oʻrnini topadi. Bunga hech qanday shak-shubha yoʻq. Allohning amri shu.