وَلَقَدْ جَآءَهُم مِّنَ ٱلْأَنۢبَآءِ مَا فِيهِ مُزْدَجَرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va, darhaqiqat, ularga hayiqtiradigan xabarlardan kelgan edi.Ва, дарҳақиқат, уларга ҳайиқтирадиган хабарлардан келган эди.Alauddin Mansour: — Holbuki, ularga (ilgari oʻtgan kofirlarning) xabarlaridan iborat bir narsa keldiki, unda (kufru zalolatdan) tiyilish (lozim ekanligini uqtirguvchi ibratlar) bor edi.— Ҳолбуки, уларга (илгари ўтган кофирларнинг) хабарларидан иборат бир нарса келдики, унда (куфру залолатдан) тийилиш (лозим эканлигини уқтиргувчи ибратлар) бор эди.
Insonlarga oʻzini bilib, yoʻlini toʻgʻrilab olishga undovchi, xatoni tark etishga chaqiruvchi xabarlar koʻp kelgan. Allohning qudratiga dalolat qiluvchi mavjudotlar xabarlari, oʻtgan ummatlarning xabarlari, qiyomat kunining xabarlari shular jumlasidandir. Biz shuni bilib olaylikki, bunday xabarlar yetganda, ularni maʼlumot uchun, madaniy saviyasini oshirish yoki fikr doirasini kengaytirish uchun qabul qilish emas, balki oʻshalardagi hayiqtiruvchi, ogohlantiruvchi mazmundan ibrat olish uchun harakat qilmogʻimiz lozimdir.