نِّعْمَةً مِّنْ عِندِنَا ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى مَن شَكَرَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu, Biz tarafimizdan ne'mat bo`ldi. Kimki shukr qilsa, xuddi shunday mukofotlarmiz.Бу, Биз тарафимиздан неъмат бўлди. Кимки шукр қилса, худди шундай мукофотлармиз.Alauddin Mansour: (Bu najot) Bizning huzurimizdan boʻlgan bir neʼmatdir. Shukr qilgan kishilarni Biz mana shunday mukofotlaymiz.(Бу нажот) Бизнинг ҳузуримиздан бўлган бир неъматдир. Шукр қилган кишиларни Биз мана шундай мукофотлаймиз.
Yaʼni, Lut alayhissalom bilan ikki qizlarining najot topishi ularga Alloh taolo tomonidan berilgan neʼmat boʻldi. Allohning bergan neʼmatiga shukr qilganlarni U zotning Oʻzi doimo, hatto halokat va mashaqqatlar ichida boʻlsa ham, mukofotlab turadi.
Ushbu surada Lut alayhissalom va u zotning qavmlarining qissasi oʻziga xos uslub ila taqdim qilinmoqda. Avval qissaning oxiri, tugash qismi keltirilib, endi keladigan oyatlarda esa, qissaning bosh qismi keltirilmoqda. Bu ham oʻquvchi va eshituvchiga oʻziga xos taʼsir oʻtkazadi.