وَلَقَدْ رَٰوَدُوهُ عَن ضَيْفِهِۦ فَطَمَسْنَآ أَعْيُنَهُمْ فَذُوقُوا۟ عَذَابِى وَنُذُرِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular undan mehmonlarini topshirishni so`radilar. Bas, ko`zlarini ko`r qildik. Mening azobim va ogohlantirishlarimni totib ko`rsinlar.Улар ундан меҳмонларини топширишни сўрадилар. Бас, кўзларини кўр қилдик. Менинг азобим ва огоҳлантиришларимни тотиб кўрсинлар.Alauddin Mansour: Aniqki, ular (Lutning) mehmon(lar)ini yoʻldan urmoqchi boʻldilar. Bas, Biz ularning koʻzlarini koʻr qilib qoʻydik: «Endi Mening azobimni va ogohlantirishimni totib koʻringlar!»Аниқки, улар (Лутнинг) меҳмон(лар)ини йўлдан урмоқчи бўлдилар. Бас, Биз уларнинг кўзларини кўр қилиб қўйдик: «Энди Менинг азобимни ва огоҳлантиришимни тотиб кўринглар!»
Avval ham aytilganidek, Lut qavmi oʻzlaridan oldin hech kim qilmagan qabih jinoyatni, erkaklarning oʻzaro jinsiy aloqa qilish jinoyatini qilishga mubtalo boʻlgan edi.
Bu borada ish shu darajaga borib yetdiki,
«Ular undan mehmonlarini topshirishni soʻradilar».
Jinoyatchi qavm oʻz Paygʻambarlari Lut alayhissalomdan u kishining huzurlariga mehmon boʻlib kelgan yosh yigitlarni fohisha ish qilish uchun oʻzlariga topshirishni talab qildilar.
«Bas, koʻzlarini koʻr qildik.»
Ana oʻshanda Biz mazkur fohishachi qavmning koʻzini koʻr qildik.
«Mening azobim va ogohlantirishlarimni totib koʻrsinlar.»
Allohning amriga isyon qilishning oqibati nima boʻlishini bilib qoʻysinlar.
Bir kuni Lut alayhissalomning xonadonlariga yosh, xushroʻy yigitlar mehmon boʻlib kelishdi. Bundan xabar topgan buzuq qavm ular bilan bachchabozlik qilish niyatida Lut alayhissalomning uylariga yopirilib kelishdi. Paygʻambar alayhissalom qavmni bu jinoiy maqsaddan qaytarishga koʻp urindilar, hech foyda bermadi. Shu payt yigitlardan biri tashqariga chiqdi va baʼzi bir harakatlar qildi. Shunda fohishakor qavmning koʻzlari koʻr boʻlib qoldi va tumtaraqay boʻlib, kelgan joylariga qaytib ketish uchun yoʻl axtarib qolishdi. Chunki, aslida, mehmon yigitlar farishtalar boʻlib, bu kofir qavmni halok etish uchun Alloh taolo tomonidan maxsus yuborilgan edilar.