وَلَقَدْ جَآءَ ءَالَ فِرْعَوْنَ ٱلنُّذُرُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Darhaqiqat, Fir'avn ahliga ogohlantirishlar keldi.Дарҳақиқат, Фиръавн аҳлига огоҳлантиришлар келди.Alauddin Mansour: Aniqki, Firʼavn xonadoniga ham ogohlantirishlar keldi.Аниқки, Фиръавн хонадонига ҳам огоҳлантиришлар келди.
Firʼavn qavmi, agar kufr va zalolatdan qaytmasalar, Allohning azobiga duchor boʻlishlari muqarrar ekanligi haqida koʻp bor ogohlantirildilar. «Darhaqiqat, Firʼavn ahliga ogohlantirishlar keldi.» Lekin ular ogohlantirishlarga ishonmadilar va Allohning Muso alayhissalomga bergan moʻʼjizalarini yolgʻonga chiqardilar. «Bizning oyatlarimizning barchasini yolgʻonga chiqarishdi.» Natijada, Alloh taolo ularni shunday bir azobga tutdiki, bunday azobni haqiqiy gʻolib va qudratli zotgina bera oladi. «Bas, Biz ularni gʻolib, qudratli oluvchining olishi bilan oldik.» Yaʼni, ularning barchasini suvga gʻarq qilib, halok etdik. Mana shu kabi ibratli misollarni bir-bir eslatgach, Alloh taolo endi Muhammad alayhissalom Paygʻambar boʻlganlaridan keyingi kofirlarga murojaat qiladi: Ey, Quraysh kofirlari!