كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا كُلِّهَا فَأَخَذْنَـٰهُمْ أَخْذَ عَزِيزٍ مُّقْتَدِرٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bizning oyatlarimizning barchasini yolg`onga chiqarishdi. Bas, Biz ularni g`olib, qudratli oluvchining olishi bilan oldik.Бизнинг оятларимизнинг барчасини ёлғонга чиқаришди. Бас, Биз уларни ғолиб, қудратли олувчининг олиши билан олдик.Alauddin Mansour: Ular Bizning barcha oyat-moʻʼjizalarimizni yolgʻon deganlaridan soʻng, Biz ularni kuchli-qudratli Zotning ushlashi bilan ushladik (yaʼni, barchalarini dengizga gʻarq qilib, yubordik!)Улар Бизнинг барча оят-мўъжизаларимизни ёлғон деганларидан сўнг, Биз уларни кучли-қудратли Зотнинг ушлаши билан ушладик (яъни, барчаларини денгизга ғарқ қилиб, юбордик!)
Firʼavn qavmi, agar kufr va zalolatdan qaytmasalar, Allohning azobiga duchor boʻlishlari muqarrar ekanligi haqida koʻp bor ogohlantirildilar. «Darhaqiqat, Firʼavn ahliga ogohlantirishlar keldi.» Lekin ular ogohlantirishlarga ishonmadilar va Allohning Muso alayhissalomga bergan moʻʼjizalarini yolgʻonga chiqardilar. «Bizning oyatlarimizning barchasini yolgʻonga chiqarishdi.» Natijada, Alloh taolo ularni shunday bir azobga tutdiki, bunday azobni haqiqiy gʻolib va qudratli zotgina bera oladi. «Bas, Biz ularni gʻolib, qudratli oluvchining olishi bilan oldik.» Yaʼni, ularning barchasini suvga gʻarq qilib, halok etdik. Mana shu kabi ibratli misollarni bir-bir eslatgach, Alloh taolo endi Muhammad alayhissalom Paygʻambar boʻlganlaridan keyingi kofirlarga murojaat qiladi: Ey, Quraysh kofirlari!