أَكُفَّارُكُمْ خَيْرٌ مِّنْ أُو۟لَـٰٓئِكُمْ أَمْ لَكُم بَرَآءَةٌ فِى ٱلزُّبُرِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizning kofirlaringiz avvalgilaringizdan yaxshiroqmi?! Yoki kitoblarda sizlarga oqlov bormi?!Сизнинг кофирларингиз аввалгиларингиздан яхшироқми?! Ёки китобларда сизларга оқлов борми?!Alauddin Mansour: (Ey Makka ahli), sizlarning kofirlaringiz ana oʻshalardan yaxshiroqmi-ortiqroqmi, yoki sizlar uchun (samoviy) kitoblarda ora ochiqlik (vasiqasi) bormi (yaʼni, sizlar kofir boʻlib, oʻz paygʻambarlaringizni yolgʻonchi qilsangizlar ham hech qanday azob-uqubatga yoʻliqmasliklaringiz toʻgʻrisida vasiqalaringiz bormi)?!(Эй Макка аҳли), сизларнинг кофирларингиз ана ўшалардан яхшироқми-ортиқроқми, ёки сизлар учун (самовий) китобларда ора очиқлик (васиқаси) борми (яъни, сизлар кофир бўлиб, ўз пайғамбарларингизни ёлғончи қилсангизлар ҳам ҳеч қандай азоб-уқубатга йўлиқмасликларингиз тўғрисида васиқаларингиз борми)?!
Bu savollarda qattiq inkor ohangi bor. Aqlni ishlatib koʻrish zarur. Avval oʻtgan kofir-dinsizlarning oxirlari voy boʻlgan, halokatga uchraganlar. Uning asosiy sababi–ular Paygʻambarlarni yolgʻonchiga chiqarishgan, ularning ogohlantirishlaridan ibrat olishmagan, hidoyat yoʻliga yurmaganlar. Bu haqiqat dalil-hujjatlar bilan isbot boʻldi. Yana nima kerak?! Nima uchun shularni koʻrib-bilib turib ham odamlar Allohning diniga kirmaydilar?
«Sizning kofirlaringiz avvalgilaringizdan yaxshiroqmi?!»
Yoki hozirgi kofirlar ilgarigi kofirlardan yaxshirogʻ-u, ularga kelgan halokatlar bularga kelmasligiga kafolat bormi?
«Yoki kitoblarda sizlarga oqlov bormi?!»
Yoki ilohiy kitoblarda, hozirgi kofirlar aybsiz, ular azobga uchramaydilar, degan oqlov soʻzlari yozilganmi? Balki ular...